Ilon Mask davlat ishidan ketishini e’lon qildi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Ilon Mask o‘z lavozimini «maxsus davlat xodimi» sifatida tark etishini ma’lum qildi va Donald Trampga «behuda sarf-xarajatlarni qisqartirish» imkoniyati uchun minnatdorchilik bildirdi.
Foto: Kevin Lamarque / Reuters
Ilon Mask 29 may, payshanbaga o‘tar kechasi o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida davlat xizmatidan iste’foga chiqqanini ma’lum qildi: «Maxsus hukumat xodimi sifatidagi muddatim yakunlanar ekan, menga behuda sarf-xarajatlarni qisqartirish imkoniyatini bergani uchun prezident Donald Trampga minnatdorchilik bildirmoqchiman», deb yozdi u.
Tadbirkor o‘zi boshqargan Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) «missiyasi» kelajagiga shubha qilmasligini qo‘shimcha qildi. Uning fikricha, u «vaqt o‘tgan sari kuchayadi, butun hukumat uchun hayot tarziga aylanadi».
Avvalroq, 28 may kuni CBS telekanali Ilon Mask bilan 1 iyun, yakshanba kuni efirga uzatilishi rejalashtirilgan intervyusidan parchani X'da e’lon qildi.Unda tadbirkor Donald Tramp taklif qilayotgan «katta va chiroyli» qonun loyihasini tanqid qiladi, uning fikricha, bu davlat xarajatlarining oshishiga olib keladi.
«Men katta xarajatlarga ega bo‘lgan qonun loyihasini ko‘rib hafsalam pir bo‘ldi», dedi Mask va bu DOGE sa’y-harakatlariga putur yetkazishini qo‘shimcha qildi.