Sud Trampning aksariyat bojlarini qonuniy deb topdi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Xalqaro savdo bo‘yicha sud Donald Tramp boshqa davlatlardan import qilinadigan tovarlarga boj joriy etib, o‘z vakolatlaridan oshib ketgan, degan qarorga keldi.
Foto: Reuters
AQSh Xalqaro savdo federal sudi Donald Trampning boshqa davlatlarga nisbatan qo‘ygan tariflarini noqonuniy deb topdi. Bu haqdagi qarorni u mahalliy vaqt bilan 28 may, chorshanba kuni chiqardi.
Sud qaroriga ko‘ra, AQSh prezidenti tariflarni joriy etishda tayangan Xalqaro favqulodda iqtisodiy vakolatlar to‘g‘risidagi qonun (IEEPA) unga bu sohada «cheksiz vakolat» bermaydi. Aksariyat hollarda, bu qoidaga ko‘ra, bunday qarorlar AQSh Kongressi tomonidan qabul qilinishi kerak. Davlat rahbari faqat «g‘ayrioddiy va favqulodda tahdid» mavjud bo‘lgan taqdirdagina mustaqil ravishda ish yuritishi mumkin.
Tramp ma’muriyati darhol qaror ustidan shikoyat qildi. Endi ishni apellyatsiya sudi ko‘rib chiqishi kerak bo‘ladi. Oq uy vakili Kush Desai qarorni sharhlar ekan: «Saylanmagan sudyalar milliy favqulodda vaziyatga qanday to‘g‘ri munosabatda bo‘lishni hal qilish huquqiga ega emaslar», dedi va ma’muriyat «ushbu inqirozni bartaraf etish uchun ijro etuvchi hokimiyatning barcha vositalaridan» foydalanish niyatida ekanligini qo‘shimcha qildi.