softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Shveytsariyada muzlik ko‘chishi oqibatida deyarli butun bir qishloq vayron bo‘ldi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Shveytsariyada muzlik ko‘chishi oqibatida deyarli butun bir qishloq vayron bo‘ldi

Batafsil o'qish:

Hududning 90 foizi loy, muz va toshlar orasida qolgan. Qishloq aholisi geologlar ogohlantirgani uchun oldinroq evakuatsiya qilingan.

Foto: Jean-Christophe Bott

Shveytsariyaning Blatten qishlog‘i Birch muzligi ko‘chishi oqibatida deyarli butunlay muz bo‘laklari, loy va toshlar orasida qolib ketdi, deb yozadi The Guardian.

Vale kantoni xavfsizlik xizmati rahbari Stefan Ganzerning ta’kidlashicha, qishloqning 90 foizga yaqin qismi muz bo‘laklari ostida qolgan yoki vayron bo‘lgan. Mahalliy hokimiyat vakili Mattias Ebenerning ma’lum qilishicha, bir kishi bedarak yo‘qolgan. Blatten meri Mattias Bellvaldga ko‘ra, qishloq qaytadan tiklanadi.

Ko‘chki, shuningdek, Lonsa daryosi o‘zanini ham to‘sib qo‘ygan. Gaznerning fikricha, vaziyat yomonlashishi mumkin.

Qayd etilishicha, qishloqda yashovchi 300 ga yaqin odam 19 mayda, geologlar tog‘ jinslari va muz bo‘laklari ko‘chishi xavfini e’lon qilganidan keyin evakuatsiya qilingan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning yanvarida Xitoy janubi-g‘arbidagi Yunnan provinsiyasida kamida 47 kishi ko‘chki tufayli vayronalar ostida qolib ketgandi.