softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

AQSh yangi yadroviy bombalarni seriyali ishlab chiqarishni boshlaydi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

AQSh yangi yadroviy bombalarni seriyali ishlab chiqarishni boshlaydi

Batafsil o'qish:

Modernizatsiya qilingan har bir yadroviy aviabomba quvvati 360 kilotonnaga yetadi va uni ishlab chiqarish 30 mln dollarga baholanmoqda.

Foto: Department of Energy

Vashington 2025 yil iyuldan boshlab strategik aviatsiya samolyotlariga joylashtiriladigan, quvvati 360 kilotonnaga yetadigan B61-13 gravitatsion yadroviy bombani seriyali ishlab chiqarishni boshlaydi. Bu haqda Yadroviy xavfsizlik bo‘yicha milliy agentlik (NNSA) ma’lum qildi.

AQSh hukumatining rejasiga muvofiq, modernizatsiya qilingan har bir yadroviy aviabombani ishlab chiqarish 30 million dollarga baholanmoqda va u 2027 yilda yakunlanadi. Jangovar kallak xususiyatlarini yaxshilash bilan NNSA’ning oltita markazi mutaxassislari shug‘ullanmoqda, yakuniy yig‘ish ishlari esa Amarillo shahridagi (Texas) Pantex Plant zavodida amalga oshiriladi.

Ta’kidlanishicha, og‘irligi 320 kilogrammdan oshadigan B61 variantiga yangi dum tayanchi o‘rnatilgan, u boshqaruvning yanada aniq amalga oshirilishini ta’minlaydi. Bu esa yuqori balandlikda uchayotgan samolyotdan bombani tashlash imkonini beradi, so‘ng u avtonom rejimda nishon tomon uchadi va o‘z trayektoriyasini to‘g‘irlab boradi.

Modifikatsiya qilingan zaryadlar B-2 va B-21 bombardimonchilariga o‘rnatiladi. Ular AQShning kontinental bazalarida saqlanadi. Yangi turdagi bombaning asosiy maqsadi — nisbatan mustahkam va yirik harbiy nishonlarni, jumladan, yerosti bunkerlari va qo‘mondonlik punktlarini yakson qilish.

19 may kuni AQSh Energetika vaziri Kris Rayt birinchi B61-13 prototipini ishlab chiqarish muddatidan bir yil oldin yakunlanganini ma’lum qilgandi. Yangi qurolni yaratishga ikki yildan kamroq vaqt kelgan. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, bu Qo‘shma Shtatlarning «yangi beqaror davrda» global xavfsizlik sohasida o‘sib borayotgan chaqiriqlarga tezkorlik bilan javob qaytarish qobiliyatlarini isbotlagan.