softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Putin Ukraina bilan Istanbul muzokaralaridan so‘ng armiyasini yangi hujumga tashladi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Putin Ukraina bilan Istanbul muzokaralaridan so‘ng armiyasini yangi hujumga tashladi

Batafsil o'qish:

Harbiy tahlilchilar kichik muvaffaqiyatlarni qayd etmoqda, ammo bu yozda katta yutuqlar yoki hal qiluvchi g‘alabani kutmayapti.

Foto: Reuters

Rossiya va Ukraina o‘rtasida tinchlik muzokaralarining boshlanishi Rossiyaning yangi hujum operatsiyasining boshlanishi bilan birga keldi, deb yozdi The New York Times (NYT).

Ta’kidlanishicha, Moskva qo‘sh harbiy kampaniyani olib bormoqda: ob-havo quruq bo‘lgach, Rossiya armiyasi hujumlarini kuchaytirgan va Ukraina shaharlariga ham katta yirik zarbalar berilmoqda.

Bahorgi «sukunatdan» so‘ng, rus qo‘shinlari may oyida tez sur’atda oldinga siljishni boshlagan. Ukrainaning OSINT DeepState loyihasiga ko‘ra, bu oyda rus qo‘shinlari kuniga o‘rtacha 14 kvadrat kilometrni egallab olyapti - aprel oyidagidan ikki baravar ko‘p. Harbiy tahlilchilar kichik muvaffaqiyatlarni qayd etmoqda, ammo bu yozda katta yutuqlar yoki hal qiluvchi g‘alabani kutmayapti.

Yangi hududlarning aksariyati Donetsk viloyatida qo‘lga kiritilgan. Rossiya armiyasi qamal ostidagi Pokrovsk va Toretsk o‘rtasidagi mudofaani yorib o‘tib, shimolga - Ukraina Qurolli Kuchlarining mintaqadagi so‘nggi logistika markazlariga qarab siljigan. Harbiy tahlilchi Dmitriy Kuznets fikricha, bu Donetsk viloyatini to‘liq egallash kampaniyasining boshlanishi bo‘lishi mumkin.

Operatsiyalar Ukraina shimolida, Rossiya kichik muvaffaqiyatlarga erishgan Sumi viloyati yaqinida yangi frontning ochilishi bilan birga olib borilmoqda. Avvalroq Kursk viloyatining bir qismini bosib olgan Ukraina qo‘shinlarini siqib chiqargandan so‘ng, Rossiya armiyasi asta-sekin Ukraina hududiga yaqinlashmoqda. Harbiylar 23 maydan boshlab Vladimir Putinning talablarini bajarmoqda: u Ukraina reydlaridan himoyalanish uchun Kursk va Belgorod viloyatlari chegarasida «bufer zona» yaratishni talab qilgan edi.

Butun qish davomida Moskva jihozlarni to‘pladi, aloqani yaxshiladi va dronlarni modernizatsiya qildi, deb yozdi NYT. Rossiya, shuningdek, Xarkov yaqinida elita havo-desant bo‘linmalariga ega 50 ming kishilik guruhni to‘plagan. Bundan oldin Istanbuldagi muzokaralarda Rossiya delegatsiyasi tomonidan Ukrainaning yana ikki viloyatini egallab olish tahdidi yangragan edi. Tahlilchilar Rossiyada butun chegara hududini egallash uchun resurslar borligiga shubha qilishadi, biroq Sumi viloyatiga bostirib kirish Ukraina Qurolli kuchlarini u yerga minglab askarlarini qayta joylashtirishga va Donbassdagi mudofaasini zaiflashtirishga allaqachon majbur qilmoqda.

Yaqinda AQSh prezidenti Donald Tramp bir yarim-ikki hafta ichida Vashington Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha muzokaralardagi keyingi taktika haqida qaror qabul qilishini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qaror ko‘p jihatdan Rossiyaning o‘zini tutishi va mojaroga barham berish istagiga bog‘liq bo‘ladi. Germaniya kansleri Fridrix Mers allaqachon Istanbulda Rossiya bilan muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlanganini qayd etib, uzoq urushga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirgan edi.