softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Xitoylik erkak paraplanda tasodifan 8589 metr balandlikkacha ko‘tarildi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Xitoylik erkak paraplanda tasodifan 8589 metr balandlikkacha ko‘tarildi

Batafsil o'qish:

Ruxsatsiz uchishni amalga oshirgani uchun paraplanchiga olti oy davomida parvoz qilish taqiqlandi.

Paraplanchi Pen Yuytszyanga 8589 metr balandlikka ko‘tarilgani uchun yarim yil parvoz qilish taqiqlandi. Bu haqda Gansu provinsiyasi aviasport assotsiatsiyasi hisobotiga tayanib, The Guardian xabar berdi.

Tsilyan tog‘idagi sinov starti davomida (balandligi 3 ming metr) sportchi kutilmaganda yuqoriga ko‘tarilib ketgan. Uning kamerasi yordamida olingan kadrlarda erkak 35 daraja sovuqda bulutlar orasida uchib yurganini ko‘rish mumkin.

«Qo‘llarim butunlay muzlab qoldi. Men radioaloqani ushlab turishga urindim», — deydi start joyidan 30 kilometr uzoqlikka qo‘ngan Pen.

Tergov davomida aniqlanishicha, Pen o‘z parvozi uchun ruxsat olmagan, chunki u asbob-uskunalarini yerda sinovdan o‘tkazishni rejalashtirgan. Uning Gu Chjimin ismli do‘sti videoni Douyin ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilgani uchun Pen bilan bir xil jazo oldi.

8589 metr balandlikka ko‘tarilish tasodif tufayli ro‘y berdi deb topilgan (kislodor bilan ta’minlovchi uskunalarsiz omon qolish imkonsiz). Rekord inobatga olinmagan, chunki bu boradagi dunyo rekordi germaniyalik Eva Visnerskiga tegishli — u 2007 yilda 9946 metrga ko‘tarilgan edi.