softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Turkiya birinchi suzuvchi gaz platformasini ochiq dengizga yubordi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Turkiya birinchi suzuvchi gaz platformasini ochiq dengizga yubordi

Batafsil o'qish:

«Usmon gazi» nomini olgan platforma 2026 yildan ishga tushadi va bitta nuqtada kamida 20 yil faoliyat yuritadi. Qayta ishlash bo‘yicha loyihaviy quvvat sutkasiga 10,5 mln kub metr gazni tashkil etadi.

Foto: Anadolu Agency

Turkiyada tabiiy gaz qazib olish bo‘yicha mamlakat tarixidagi birinchi suzuvchi platform Qora dengizga yo‘l oldi, deb xabar bermoqda Anadolu.

Tantanali marosimda prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ham ishtirok etdi. «Usmon gazi» nomli maxsus kema 2026 yildan boshlab gaz qazib olishni boshlaydi.

Platforma Sakarya gaz koni tomon yo‘l olmoqda. 2026 yil o‘rtalarida «Usmon gaz» ishga tushib, kuniga 20 million kub metr gaz bilan ta’minlashi kutilmoqda — bu hozirda qazib olinayotgan gaz hajmidan qariyb ikki barobar ko‘p. Platforma bitta nuqtada kamida 20 yil xizmat ko‘rsatadi.

Kema uzunligi 298,5 metrni, eni esa 56 metrni tashkil etadi. Ekipaji 140 kishigacha yetishi mumkin.

Qayta ishlash bo‘yicha loyihaviy quvvat sutkasiga 10,5 million kub metr, uzatish quvvati esa 10 million kub metr gazni tashkil etadi. Qayta ishlangan gaz 161 kilometrli quvurlar orqali quruqlikka yetkazilib, Turkiya milliy gaz tarmog‘iga uzatiladi.

Loyiha Turkiyaning energetik mustaqilligini mustahkamlash va importga bo‘lgan qaramlikni kamaytirish strategiyasi doirasida amalga oshirilmoqda.

«Usmon gazi» platformasi Bosfor ko‘rfazidan 11 soatda o‘tishi va 1 iyunda Filyos portiga yetib borishi kutilmoqda.