softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Muz ko‘chkisi Alp tog‘laridagi qishloqni yakson qildi. Tabiiy ofatdan oldingi va keyingi suratlar

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Muz ko‘chkisi Alp tog‘laridagi qishloqni yakson qildi. Tabiiy ofatdan oldingi va keyingi suratlar

Batafsil o'qish:

Hududning 90 foizi loy, muz va toshlar orasida qolgan. Qishloq aholisi geologlar ogohlantirgani uchun oldinroq evakuatsiya qilingan.

28 may kuni Shveytsariyaning Vale kantonida muz ko‘chishi oqibatida Blatten qishlog‘i vayron bo‘ldi.

Vale kantoni xavfsizlik xizmati rahbari Stefan Ganzerning ta’kidlashicha, qishloqning 90 foizga yaqin qismi muz bo‘laklari, loy va toshlar ostida qolgan yoki vayron bo‘lgan. Ko‘chki, shuningdek, Lonsa daryosi o‘zanini ham to‘sib qo‘ygan.

Lyotchental vodiysida tosh ko‘chishi 14 may kuniyoq boshlangandi, vaziyat yomonlashishda davom etdi va 17 may kuni rasmiylar Blattenda evakuatsiya e’lon qildi.

Mahalliy aholi vakillari bo‘lgan 92 kishi va 16 sayyoh qishloqni tark etgan. Aholini Blattendan ko‘chirish bo‘yicha o‘z vaqtida qabul qilingan qaror o‘nlab kishilar hayotini saqlab qoldi. Shunga qaramay, Associated Press nashri yozishicha, Blattenga muz ko‘chib tushishi oqibatida 64 yoshli erkak bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.

Vale kantonida muzlik ko‘chishigacha ham favqulodda holat rejimi joriy etilgandi, bu esa hodisa oqibatlarini bartaraf etish uchun tezkor ravishda resurslar jalb etish imkonini berdi, jumladan, armiya yordamga chaqirilgan.

Blatten qishlog‘i. 2025 yil 23 may
Jean-Christophe Bott / EPA / Scanpix / LETA
Blatten qishlog‘i o‘rni. 2025 yil 29 may
Jean-Christophe Bott / EPA / Scanpix / LETA

 Atrof-muhit, transport, energetika va kommunikatsiyalar bo‘yicha federal departament rahbari Albert Ryoshti tog‘li hududlar aholisi doimo duch kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarni anglagan holda hayot kechirishini ta’kidlagan. «Tabiat insondan kuchliroq», – deya qayd etadi u va rasmiylar qishloqni tiklash uchun barcha zarur yordamni ko‘rsatishiga ishontirgan. Shveytsariya prezidenti Karin Keller-Zutter X ijtimoiy tarmog‘ida shunday deb yozdi: «Qadrdon uyni yo‘qotish – dahshat. Shu soatlarda butun xayolim Blatten aholisida».