softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Nigeriyada jangarilarga qurol sotib kelgan askarlar ushlandi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Nigeriyada jangarilarga qurol sotib kelgan askarlar ushlandi

Batafsil o'qish:

Ular qurol-yarog‘ va o‘q-dorilarni mamlakat Qurolli kuchlariga aloqador bo‘lmagan guruhlarga yetkazib berishda gumonlanyapti.

Foto: AP

Nigeriya harbiylari qurollarni turli guruhlarga sotib kelgan 20 dan ortiq askar va politsiya xodimlarini hibsga oldi. Bu haqda mamlakat Qurolli kuchlari rasmiy vakili Reuben Kovangiya ma’lum qildi.

«Bu qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar reketiga qarshi kurash bo‘yicha operatsiyaning bir qismi hisoblanadi… Agar biror xodim tizimga qarshi bo‘lgan qandaydir harakatni amalga oshirsa, u hibsga olinadi va sud qarshisida javob beradi», — deydi Kovangiya.

Daily Trust gazetasining ma’lum qilishicha, 18 nafar askar, 15 nafar politsiyachi va 8 nafar fuqaro hibsga olingan. Ular qurol-yarog‘ va o‘q-dorilarni mamlakat Qurolli kuchlariga aloqador bo‘lmagan guruhlarga yetkazib berishda gumonlanyapti.

Nigeriyada qariyb 15 yildan beri mamlakat Qurolli kuchlari va «Boko Haram» guruhi o‘rtasida to‘qnashuvlar davom etib kelmoqda. O‘tgan yilning oktyabrida Nigeriyada «Boko Haram» Boko va ISWAP (IShID terror tashkilotining G‘arbiy Afrika bo‘limi) terror tashkilotlariga qarshi amaliyotlar chog‘ida bir haftada 140 kishi zararsizlantirilgan edi.