softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Makron Falastinni tan olishni «ma’naviy burch» deb atadi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Makron Falastinni tan olishni «ma’naviy burch» deb atadi

Batafsil o'qish:

Fransiya rahbari Isroilning pozitsiyasi o‘zgarishiga va gumanitar yechim topilishiga umid bildirdi.

Foto: REUTERS

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Falastin davlatini tan olish «ma’naviy burch» va siyosiy zarurat ekanini aytdi.

Singapurdagi matbuot anjumanida so‘zlagan Makron Falastin davlatchiligini tan olish qator shartlarning bajarilishi bilan birga bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.

Bu shartlar qatorida u Falastin davlati tomonidan Isroilning yashash va xavfsizlik huquqini tan olishi, HAMAS harakatining qurolsizlanishi, HAMASning Falastinni boshqarishda ishtirok etishdan bosh tortishi va garovga olinganlarni ozod qilishni keltirdi.

Fransiya rahbari, shuningdek, agar Isroil yaqin soatlar va kunlarda G‘azo sektoridagi gumanitar vaziyatga maqbul yechim taklif qilmasa, xalqaro hamjamiyat Tel-Avivga nisbatan qat’iy umumiy pozitsiyani egallashi kerakligini ta’kidladi.

Uning ta’kidlashicha, bunday vaziyatda YeI o‘z tamoyillariga muvofiq harakat qilishi, inson huquqlarini hurmat qilishga asoslangan jarayonlarni yakunlashi va sanksiyalar joriy etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishi kerak.

«Biz qat’iyroq bo‘lishimiz kerak, chunki bu hozir zaruratga aylangan. Lekin men hali ham Isroilning pozitsiyasi o‘zgaradi va gumanitar yechim topiladi deb umid qilaman», — deya qo‘shimcha qildi Makron.