softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

AQSh Rossiyaga yangi sanksiyalar bilan tahdid qildi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

AQSh Rossiyaga yangi sanksiyalar bilan tahdid qildi

Batafsil o'qish:

Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili yig‘ilishda so‘zga chiqib, G‘arbni «Rossiya agressiyasi» haqidagi pozitsiyani ilgari surayotganlikda aybladi.

Foto: AP

AQShning BMTdagi doimiy vakili vazifasini bajaruvchi Jon Kelli Moskvani muzokaralardan bosh torsa, qo‘shimcha sanksiyalar qo‘llanishi mumkinligidan ogohlantirdi.

BMT Xavfsizlik kengashining Ukrainadagi vaziyatga bag‘ishlangan yig‘ilishida Kelli Vashington Kiyev va Moskva o‘rtasida tinchlik o‘rnatishga intilayotganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina murosaga tayyor bo‘lishiga qaramay, Rossiya o‘t ochishni to‘xtatishdan qochishda davom etmoqda.

«Agar Rossiya urushni davom ettirishga qaror qilsa, Qo‘shma Shtatlar muzokaralardan voz kechishga majbur bo‘ladi. Bu mojaroning harbiy yechimi yo‘q. Hozir taklif qilinayotgan kelishuv Rossiya uchun mumkin bo‘lgan eng yaxshi natijadir. Prezident (Vladimir) Putin buni qabul qilishi kerak. Urushni davom ettirish hech bir tomonning manfaatlariga mos kelmaydi», — dedi amerikalik diplomat.

Kelli, shuningdek, Vashington Rossiya bilan tinch kelishuv va iqtisodiy hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanini, biroq bu yo‘ldan voz kechish Moskvaga yangi sanksiyalar bilan tahdid qilishini ta’kidladi.

«Ushbu urushni tugatish uchun mas’uliyat ham Rossiya, ham Ukraina zimmasiga tushadi. Vaqt mojaroni uzaytirmoqchi bo‘lganlar tomonida emas. Biz ikkala tomonni tinchlik foydasiga qiyin, ammo tarixiy qaror qabul qilishga chaqiramiz», — deya qo‘shimcha qildi u.