Irkutsk oblasti ilk bor dronlar hujumiga uchradi. Ukraina OAV bu «Pautina» maxsus operatsiyasi ekanini ma’lum qildi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Ukraina Xavfsizlik kuchlari 1 iyun kuni «Pautina» operatsiyasini boshladi. Uning doirasida Rossiyaning 40 dan ortiq harbiy samolyotlari, jumladan, A-50, Tu-95 va Tu-22 M3 strategik bombardimonchilari yakson qilindi.
Foto: AP
Irkutsk oblasti aholisi dronlar hujumi uyushtirilgani to‘g‘risida xabar berdi. Urush boshlanganidan beri Usolskiy tumani ilk bor uchuvchisiz boshqariladigan apparatlar hujumiga uchradi, deb yozmoqda «Mediazona».
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Sredniy va Novomaltinsk posyolkalari hududlariga zarbalar berilgan.
Usolskiy tumanida «Belaya» harbiy aerodromi joylashgan bo‘lib, u yerda Tu-22M3 bombardimonchilari saqlanadi.
Shuningdek, Murmansk oblasti aholisi ham dronlar hujumi haqida xabar bermoqda, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, «Olenya» aerodromiga zarbalar berilgan.
Ukrainaning «Babel» nashriga ko‘ra, Ukraina Xavfsizlik kuchlari 1 iyun kuni «Pautina» operatsiyasini boshlagan bo‘lib, uning doirasida Rossiyaning 40 dan ortiq harbiy samolyotlarini, jumladan, A-50, Tu-95 va Tu-22 M3 strategik bombardimonchilari yakson qilingan.
Dodatkovі vіdeo ataki dronіv SBU po rosіyskix ayerodromax 1 chervnya. https://t.co/On2tem0k7e pic.twitter.com/sT5T7WxUH7
— Ukrayinska pravda ✌️ (@ukrpravda_news) June 1, 2025
Jurnalistlar Irkutsk oblastidagi «Belaya» aerodromida yuzaga kelgan yong‘in kadrlarini e’lon qildi.
Telegram-kanallarning yozishicha, Irkutsk va Murmansk oblastlaridagi harbiy bazalarga hujum qilgan FPV-dronlar yo‘l bo‘yiga to‘xtagan yuk mashinalaridan uchirilgan.
Irkutsk oblasti gubernatori Igor Kobzev Sibir birinchi marta dronlar hujumga uchraganini tasdiqladi va ularning nishoni Sredniy posyolkasidagi harbiy qism ekanini bildirdi. Uning aytishicha, dronlar rostdan ham yuk mashinalari ichidan uchirilgan. «Dronlar uchirilgan manba allaqachon bloklangan. Bu fura. Muhimi — vahimaga berilmaslik. Tinch aholining hayoti va salomatligiga tahdid yo‘q», — deb yozadi amaldor o‘zining Telegram-kanalida.