softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

AQShda yuk mashinasi ag‘darilishi oqibatida 250 mln asalari uchib ketdi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

AQShda yuk mashinasi ag‘darilishi oqibatida 250 mln asalari uchib ketdi

Batafsil o'qish:

​​​​​​​Hodisa joyida 20 dan ortiq mutaxassis asalarilarni iniga qaytarish bo‘yicha ish olib bormoqda. YTH sodir bo‘lgan avtomobil yo‘li ikki kunga to‘liq yopildi.

Foto: AP

AQShda 250 millionga yaqin asalarini olib ketayotgan yuk mashinasi ag‘darilib ketdi. Hodisa Linden shahri yaqinidagi Veydkamp avtomobil yo‘lida sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda CBS News.

Mahalliy hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, yuk mashinasi ichida 32 tonna asalari uyasini olib ketayotgan bo‘lgan. Yo‘l-transport hodisasidan keyin hasharotlar butun yo‘l bo‘ylab sochilib ketgan. Hodisa joyiga darhol asalarichilar yetib kelgan va ularni o‘z uyalariga qaytarish va ona asalarilarni qidirishga yordam bergan.

Avtomobil yo‘li kamida ikki kunga to‘liq yopilgan — bu odamlar va asalarilar xavfsizligi uchun zarur.

Avariya oqibatlarini bartaraf etishga 20 dan ortiq professional asalarichi jalb etilgan. Rasmiylarning ta’kidlashicha, asalarilar aholiga hech qanday tahdid uyg‘otmaydi, ammo allergiyasi bor odamlarga ehtiyot bo‘lish tavsiya qilindi.

«Ayni vaqtda hodisa joyidagi ishlar yakunlandi. Ag‘darilib ketgan yuk mashinasidan omon qolgan uyalar chiqarib olindi, qayta tiklandi va foydalanishga topshirildi. Ertalabgacha asalarilarning aksariyati uyalariga qaytishi kerak», — deyiladi xabarda.