softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Rossiyada terrorchilar uchun o‘lim jazosini joriy etish taklif qilindi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Rossiyada terrorchilar uchun o‘lim jazosini joriy etish taklif qilindi

Batafsil o'qish:

«Adolatli Rossiya - Haqiqat uchun» partiyasi mamlakatda terrorchilar uchun o‘lim jazosini qo‘llash taklifini ilgari surdi. Oldinroq Konstitutsiyaviy sud raisi buning uchun RF konstitutsiyasini o‘zgartirish kerakligini aytgandi.

Foto: RIA Novosti

«Adolatli Rossiya — Haqiqat uchun» partiyasi raisi Sergey Mironov Rossiyada terrorchilar uchun o‘lim jazosini joriy etish taklifini ilgari surdi.

«Qotil terrorchilar uchun haqiqiy adolatli jazo bu faqat o‘lim bo‘lishi mumkin. Fraksiyamiz bir necha bor terrorchilar hamda ularning sheriklari uchun o‘lim jazosini tiklashni talab qilgan va biz ushbu qarorga erishamiz. Terrorchilik aktini sodir etganlar bilan insonparvarlik o‘ynashni bas qilishimiz kerak», — deydi Mironov.

Uning ta’kidlashicha, «dahshatli va noinsoniy harakat» Volodimir Zelenskiy rejimining asl mohiyatini ochib bergan. «Barchamiz bolalarimiz kelajagi haqida gapirishimiz kerak bo‘lgan kunda banderachilar begunoh odamlarga og‘riq va musibat olib keldi», — deydi u.

Mironovning fikricha, Zelenskiy rejimi butunlay yo‘q qilinishi, «Ukraina mojarosining asosiy sabablari ildizi quritilishi» va Ukrainaning neytral maqomi ta’minlanishi kerak.

Oldinroq Rossiya Konstitutsiyaviy sudi raisi Valeriy Zorkin mamlakatda o‘lim jazosi faqat yangi konstitutsiyani qabul qilish orqali joriy etilishi mumkinligi, boshqa yo‘l yo‘qligini ma’lum qilgandi.

31 may kuni kechqurun qo‘shni Bryansk oblastining Vigonichskiy rayonida avtomobil ko‘prigi qulagandi, bu vaqtda uning ostidan «Klimov — Moskva» yo‘lovchi poyezdi o‘tayotgan bo‘lgan. Hodisa vaqtida ko‘prikdan yuk mashinasi harakatlangan. Natijada lokomotiv va to‘rt vagon relsdan chiqib ketgan. Yetti kishi halok bo‘lib, yana 66 kishi jabrlangan. Shuningdek, 1 iyunga o‘tar kechasi Kursk oblastida temiryo‘l ko‘prigi qulab tushdi.