softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Xitoyda erkak terrakota armiyasidagi ikkita qadimiy haykalga shikast yetkazdi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Xitoyda erkak terrakota armiyasidagi ikkita qadimiy haykalga shikast yetkazdi

Batafsil o'qish:

30 yoshli xitoylik himoya to‘sig‘idan oshib o‘tib, haykallar orasiga kirib borgan. Qo‘riqchilar yetib kelguniga qadar, u haykallarga shikast yetkazishga ulgurgan.

Foto: Weibo

Xitoyning Sian shahrida joylashgan mashhur terrakota armiyasi ekspozitsiyasi hududiga ruxsatsiz kirgan mahalliy turist ikkita haykalga shikast yetkazdi, deb yozmoqda The Guardian.

Qayd etilishicha, 30 yoshli Xitoy fuqarosi to‘siqdan va himoya to‘ridan oshib o‘tib, sopol haykallar oldiga kirgan. Qo‘riqchilar yetib kelguniga qadar, u haykallarni itarib, ularning ikkitasiga shikast yetkazishga ulgurgan.

Mahalliy hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, erkak ruhiy kasallikdan aziyat chekadi.

The Guardian’ning ta’kidlashicha, erkak haykallar oldiga borish uchun 5,4 metr pastlikka tushishi kerak bo‘lgan.

«Terrakota armiyasi» — Sianda turistlar tashrif buyuradigan asosiy diqqatga sazovor maskan va u YuNESKO jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Qariyb sakkiz ming terrakota shakllari miloddan oldingi 209 yilda, imperator Tsin Shixuandining qabrini himoya qilish maqsadida yaratilgan. Haykallar 1974 yilda aniqlangan.

Haykallar tana qismlari alohida yasalgan, ba’zi qismlar esa hattoki qoliplarda quyilgan. Olimlarning aytishicha, askarlarning 10 taga yaqin asosiy yuz shakllari bo‘lgan. So‘ngra ularga individual qiyofalar berilgan. Haykallar pechlarda pishitilgandan keyin bo‘yalib, lak bilan qoplangan.