softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Britaniya yadroviy qurollarni tashishga qodir qiruvchi samolyotlarni xarid qiladi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Britaniya yadroviy qurollarni tashishga qodir qiruvchi samolyotlarni xarid qiladi

Batafsil o'qish:

Shuningdek, mamlakatda o‘q-dorilar ishlab chiqarish bo‘yicha oltita zavodni qurish rejalashtirilmoqda. Bu mudofaa xarajatlarini 8 milliard dollarga oshirishga olib keladi.

Foto: Getty images

Buyuk Britaniya AQShdan taktik yadroviy bombalarni tashishga qodir F-35A Lightning II qiruvchi samolyotlarini xarid qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Sunday Times o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Buyuk Britaniya bu borada allaqachon AQSh bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. Qayd etilishicha, bu sovuq urush davridan beri Britaniya strategiyasida yadroviy qurolni qo‘llash bo‘yicha eng katta o‘zgarishga aylanadi.

Ta’kidlanishicha, bunday qiruvchilarni xarid qilish Britaniya bosh vaziri Kir Starmer 2 iyun kuni taqdim etishi kutilayotgan «Strategik mudofaa sharhi»ning bir qismi hisoblanadi. Uning ayrim bandlari haqida Mudofaa vazirligi 1 iyun kuni ma’lum qildi. Xususan, uzoq masofaga mo‘ljallangan 7 mingta raketa sotib olish rejalashtirilgan.

Rejaning yana bir qismi — Buyuk Britaniyada o‘q-dorilar ishlab chiqarish bo‘yicha oltita zavod qurish. Bayonotda aytilishicha, bu mudofaa xarajatlarini 8 milliard dollarga oshirishga olib keladi.