softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Rossiyada Bryansk va Kurskda ko‘priklar qulashi terakt deb tan olindi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Rossiyada Bryansk va Kurskda ko‘priklar qulashi terakt deb tan olindi

Batafsil o'qish:

Qurbonlar va jarohatlanganlar haqida xabarlar bor.

Foto: RIA Novosti / Sputnik / Profimedia

Rossiya Federatsiyasining Bryansk viloyatida avtomobil ko‘prigining temiryo‘lga qulashi natijasida Moskvaga ketayotgan yo‘lovchi poyezdi relsdan chiqib ketdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘prikning temiryo‘lga qulashi oqibatida yetti kishi halok bo‘lgan, 69 kishi jarohatlangan, jumladan, uch nafar bola, deb xabar berdi Bryansk viloyati gubernatori Aleksandr Bogomaz.

Bryansk viloyatida ko‘prik portlashi natijasida poyezd relsdan chiqib ketdi. Bu haqda viloyat gubernatori Aleksandr Bogomaz «Rossiya-24» telekanali orqali ma’lum qildi.

«Magistral yo‘ldagi ko‘prik Klimov-Moskva poyezdi harakatlanayotganda portlatilgan, uning ichida 388 yo‘lovchi bo‘lgan», — dedi Bogomaz. 

Bryansk viloyatida ko‘prikning qulashi oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 70 nafardan oshdi, deya keyinroq OAVga ma’lum qildi Aleksandr Bogomaz.

Bryansk viloyatida Vigonichskiy tumanidagi poyezd halokati munosabati bilan uch kunlik motam e’lon qilindi. Motam 2 iyunda boshlanib, 4 iyunda tugaydi. Bu vaqt davomida butun Bryansk viloyatida Rossiya, viloyatning o‘zi va munitsipalitetlarning bayroqlari tushiriladi.

Bryansk viloyatida joylashgan madaniy muassasalar va teleradiokompaniyalar barcha ko‘ngilochar tadbirlar va ko‘ngilochar dasturlarning translatsiyalarini bekor qiladi.

1 iyun, yakshanbaga o‘tar kechasi Kursk viloyatida temiryo‘l ko‘prigi ham qulab tushdi. Hodisa Jyeleznogorsk viloyatida Ostapovo — Mixaylovskiy Rudnik uchastkasida sodir bo‘lgan, o‘sha paytda ko‘prikdan yuk lokomotivi ketayotgan edi.

Qayd etilishicha, qulash natijasida uch kishi jarohatlangan: haydovchi va uning ikki yordamchisi o‘rtacha darajada tan jarohati olgan. Lokomotiv relsdan chiqib ketgan va uchta vagon qulab tushgan.

Kursk viloyati gubernatori vazifasini bajaruvchi Aleksandr Xinshteynning aytishicha, vagonlar yo‘lga tushib ketgan.

«Poyezdning bir qismi ko‘prik ostida joylashgan yo‘lga qulab tushdi. Teplovozda yong‘in sodir bo‘ldi, biroq Favqulodda vaziyatlar vazirligi tezda uni nazoratga oldi», — dedi u.

Ko‘prik ostidagi yo‘l yopilgan, voqea joyida barcha favqulodda xizmatlar ishlamoqda.

Kursk va Bryansk viloyatlaridagi ko‘priklarning qulashiga portlashlar sabab bo‘lgan. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasining rasmiy vakili Svetlana Petrenko ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, 31 may kuni soat 22:50 da Bryansk viloyatida Vigonichi-Pilshino temiryo‘l uchastkasida portlash natijasida avtomobil ko‘prigining konstruksiyasi qulagan.

Bundan tashqari, Petrenkoning xabar berishicha, Kursk viloyatining Jyeleznogorsk tumanida 1 iyun kuni ertalab soat 3 larda ham temiryo‘l ko‘prigi portlagan.