softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Rossiya yo‘qotish nima ekanini tushunishi kerak – Zelenskiy

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Rossiya yo‘qotish nima ekanini tushunishi kerak – Zelenskiy

Batafsil o'qish:

Ukraina rahbari so‘zlariga ko‘ra, «bu Rossiyani diplomatiya sari undaydi».

Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning fikricha, harbiy yo‘qotishlar Rossiyani muzokaralar stoliga o‘tirishga majbur qiladi. U bu fikrini Vilnyusdagi «Buxarest to‘qqizligi» sammitida bildirdi.

Zelenskiyning ta’kidlashicha, Ukraina qurolga bo‘lgan ehtiyojning 40 foizini mahalliy ishlab chiqarish hisobiga qoplay oladi, «lekin bu barqaror moliyalashtirishni talab qiladi». Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina operatsiyalari «investitsiyalar, ayniqsa, dronlarga qanday ta’sir qilishini ko‘rsatmoqda».

Zelenskiy Yevropa va AQSh birgalikda Rossiyadan yaxshiroq qurolga ega ekanini qo‘shimcha qildi.

«Bizda ham kuchliroq taktik yechimlar bor. Kecha bizning «Pautina» operatsiyamiz buni isbotladi. Rossiya yo‘qotish nimani anglatishini tushunishi kerak. Bu uni diplomatiya sari undaydi», deb uning so‘zlarini keltirdi UNIAN.

1 iyun kuni Ukraina dronlari Rossiya harbiy aerodromlariga, jumladan Irkutsk va Murmansk viloyatlariga hujum qildi. Zelenskiy so‘zlariga ko‘ra, operatsiyaga jami 117 ta FPV dronlari va shuncha dron operatorlari jalb qilingan va operatsiya «ofisi» Rossiya hududida, FXX shtab-kvartirasi yonida bo‘lgan. Zelenskiyning ta’kidlashicha, hujum oqibatida «harbiy baza aerodromlaridagi strategik samolyotlarning» 34 foizi zarbaga uchragan.

Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina dronlari beshta hududdagi harbiy aerodromlarga hujum qilganini tan oldi. Harbiy departament ma’lumotlariga ko‘ra, Murmansk va Irkutsk viloyatlarida «bir nechta samolyot yonib ketgan».