softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Indoneziya ishga qabul qilishda yosh cheklovlarini olib tashladi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Indoneziya ishga qabul qilishda yosh cheklovlarini olib tashladi

Batafsil o'qish:

Mamlakat mehnat bozorini keksa va tajribasiz yosh mutaxassislarga ochib bermoqda.

Foto: AP

Indoneziya hukumati ishga qabul qilish uchun yosh chegaralarini belgilashni rasman taqiqladi.

Yangi qonun fuqarolarning yoshidan qat’iy nazar teng huquqlarini ta’minlash, mehnat bozorida kamsitish holatlariga barham berish maqsadida kuchga kiradi. Bu haqda SCMP xabar berdi.

Ilgari kompaniyalar ko‘pincha 45 yoshdan oshgan talabgorlarni rad etar yoki aksincha, ma’lum bir optimal yoshga yetmagan yoshlarni ishga olmas edi. Endi bu qonun buzilishi sifatida baholanadi. Ish beruvchilar yoshga doir kamsituvchi vakansiyalarni e’lon qilsa, jarimaga tortiladi.

Bu qadam aholining iqtisodiyotdagi faolligini oshirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlar orasida ishsizlikni kamaytirishga qaratilgan.

Indoneziya hukumatining fikricha, umr ko‘rish davomiyligi oshgani hisobga olinsa, yoshga oid to‘siq endi insonning haqiqiy mehnat qobiliyatini aks ettirmaydi.

Kasaba uyushmalari bu harakatni adolatli ishga qabul qilish sari qadam sifatida olqishladi, lekin ayni paytda hukumat qaroriga rioya etilishini ta’minlash uchun qoidalar talab qilmoqda.

Biroq, ish beruvchi kompaniyalar endi ish izlovchilarning katta oqimiga duch kelishi mumkinligidan ogohlantirmoqda. Hozir Indoneziyada 7 milliondan ortiq ishsiz bor va yoshi katta ish izlovchilar ko‘pincha qayta ishga joylashish uchun to‘siqlarga duch keladi.