Chet eldan olingan pul o‘tkazmasi soliqqa tortiladimi?
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Soliq qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, agar jismoniy shaxs jismoniy shaxsdan pul mablag‘i olgan bo‘lsa, unda bu daromad soliqqa tortilmaydi va jami yillik daromad to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etilmaydi.
Foto: Kun.uz
Agar jismoniy shaxs xorijiy yuridik shaxsdan daromad olgan bo‘lsa, u holda ushbu daromad 1 aprelgacha taqdim etilishi kerak bo‘lgan deklaratsiya asosida soliqqa tortiladi.
Tijorat banklari soliq organlariga xorijiy yuridik shaxsdan jismoniy shaxsning hisobvarag‘iga chet eldan kelib tushgan mablag‘lar to‘g‘risida umumlashtirilgan ma’lumotlarni taqdim etadi.
Agar soliq to‘lovchi 1 aprelgacha ushbu daromad bo‘yicha deklaratsiya taqdim etmasa, soliq organi o‘zida mavjud ma’lumotlarga asoslanib soliq hisoblaydi va bu haqda soliq to‘lovchini xabardor qiladi. Hisoblangan soliq to‘g‘risida batafsil ma’lumot aks ettirilgan xabarnomalar soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga yuborilgan. Bunda soliq summasi 1 iyungacha to‘lanishi lozim.
Agar soliq to‘lovchining hisoblangan soliq summasiga e’tirozi bo‘lsa va tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo‘lsa, u holda ushbu hujjatlarni ilova qilgan holda my3.soliq.uz sayti orqali qayta deklaratsiya taqdim etishi mumkin.
1 iyun dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelgani sababli, ushbu kunda to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlarni to‘lashning oxirgi muddati 2025 yil 2 iyunga ko‘chiriladi.