Moskvada patenti bor shaxs Moskva viloyatida ishlashi mumkin bo‘ladi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
1 sentabrdan boshlab Moskva va Moskva viloyatidagi migrantlar majburiy ro‘yxatdan o‘tish, biometrik ma’lumot topshirish va geolokatsiya monitoringi talablariga rioya qilishlari kerak bo‘ladi.
Foto: Anton Novoderejkin/TASS
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskva va Moskva viloyatida migratsiya sohasida eksperiment o‘tkazish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.
O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi konsullik bo‘limi ma’lumotiga ko‘ra, 2025 yil 1 sentabrdan boshlab 2029 yil 1 sentabrgacha Rossiyaga vizasiz kelgan fuqarolar ushbu hududlarda majburiy ro‘yxatdan o‘tish, biometrik ma’lumot topshirish va geolokatsiya monitoringi talablariga rioya qilishlari kerak bo‘ladi.
Mazkur qonun ish beruvchilarning huquqlarini ham kengaytiradi. Endilikda xorijliklar patentni bir hududda olib, qo‘shni hududda ishlashlari mumkin. Masalan, Moskvada patenti bor shaxs Moskva viloyatida ishlashi mumkin bo‘ladi.