softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Dunyodagi eng katta aysberg o‘z maydonining yana 7 foizidan ayrildi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Dunyodagi eng katta aysberg o‘z maydonining yana 7 foizidan ayrildi

Batafsil o'qish:

Iyunning ilk kunlarida okean oqimlari ta’sirida A23a aysbergi sharqiy yo‘nalishda 60 km suzgan va hozir Annenkov kimsasiz orolidan 74 kilometr uzoqlikda harakatlanmoqda.

Foto: Reuters

Dunyodagi eng katta A23a aysbergi o‘z maydonining yana 7 foizidan ayrildi — hozirda uning kattaligi Moskva shahridek, deb xabar beradi Artika va Antarktika ilmiy-tadqiqot instituti.

Qayd etilishicha, aysberg bir necha kun ichida 60 kilometr masofani suzib o‘tgan.

«Ulkan A23a aysbergi sayozlikdan chiqib, yana Janubiy okean suvlarida suzishni boshladi. Iyunning ilk kunlarida okean oqimlari ta’sirida A23a aysbergi sharqiy yo‘nalishda 60 kilometr suzdi va hozir Annenkov kimsasiz orolidan 74 kilometr uzoqlikda», — deyiladi xabarda.

A23a aysbergi Antarktida sohillaridan 1986 yilda ajralib chiqqan, biroq ko‘p o‘tmay Veddell dengiziga «tiqilib qolgan». O‘ttiz yil davomida u statik «muz oroli» sifatida turgan, joyidan qimirlamagan. 2020 yilga kelib u yana harakatlanishni boshlagan. Aprel boshlarida A23a Antarktidaning sirkumpolyar oqimiga kirib qolgandi — bu Yer yuzidagi barcha daryolarda oqadigan suvdan yuz barobar ko‘proq suvni aylantiradigan ulkan kuch hisoblanadi. O‘tgan yilning dekabr o‘rtalarida A23a aysbergi Skotiya dengizidagi tuzoqdan chiqib, Janubiy okean tomon harakatlanishni boshlagani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Joriy yilning fevralida aysbergdan maydoni 80 kilometr kvadratga yetadigan muz bo‘lagi ajralib tushgani ma’lum bo‘lgan edi.