Shifokor Baydenga qanday tashxislar qo‘yilganini ma’lum qildi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
AQSh prezidenti Jo Bayden uyqu apnoesi, giperlipidemiya, gastroezofageal reflyuks va artrit kabi qator kasalliklardan aziyat chekadi. Bu haqda terapevtning nashr etilgan hisobotida ma’lum qilindi, deya xabar berdi Sputnik.
Tibbiy hujjatga ko‘ra, Amerika prezidentiga "obstruktiv uyqu apnoesi" tashxisi qo‘yilgan. U o‘pka ventilyasiyasining to‘xtashi shaklida namoyon bo‘ladi va xotira buzilishiga, jismoniy quvvatning pasayishiga va intellektning yomonlashishiga olib kelishi mumkin.
Bundan tashqari, Baydenda umurtqa artriti, giperlipidemiya va oshqozon-ichak trakti kasalliklaridan biri bo‘lgan gastroezofageal reflyuks borligi aniqlandi, bu Amerika prezidentida "tomoqni tez-tez tozalashi" ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
"Bemorda bir nechta lentigo va aktinik o‘zgarishlar (terida dog‘lar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi - tahr.) mavjud", – deyiladi xulosada.
Shuningdek, bosh miya asablari va vestibulyar funksiya normal ekanligi, tremor, ko‘karishlar, sianoz va shishlar yo‘qligi qayd etildi.
Tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra, AQSh prezidenti Jo Bayden o‘z vazifalarini bajarishga qodir.
Manba: www.aniq.uz