softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Rossiyada o‘zbekistonlik ishchining boshiga ichida sement bo‘lgan chelak tashlab yuborildi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Rossiyada o‘zbekistonlik ishchining boshiga ichida sement bo‘lgan chelak tashlab yuborildi

Batafsil o'qish:

Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Foto: Izvestiya

Rossiyaning Leningrad oblastida boshiga ichida sement qorishmasi bor chelak tashlab yuborilgan O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi, deb xabar bermoqda 78.ru nashri.

Qayd etilishicha, 1 iyun kuni 112 xizmatiga Novosaratovka qishlog‘idagi qurilishda ishchilardan birining boshiga g‘isht tushib ketgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan. 

69 yoshli qorovulning so‘zlariga ko‘ra, qurilish obektida ishalayotgan 34 yoshli o‘zbekistonlikning boshiga ichida sement qorishmasi qoldiqlari bo‘lgan chelak tushib ketgan. Shundan so‘ng, fuqaro Vsevolojsk tumanlararo klinik shifoxonasiga turli tan jarohatlari bilan olib ketilgan.

Kuzatuv kameralari tekshirilganda, shu kuni soat 11:47 da noma’lum shaxs qurilayotgan uyning oltinchi qavati oynasidan pastga qaragani, keyin esa chelakni tashlagani tasvirlangan. Jabrlanuvchi oradan bir necha soat o‘tib, shifoxonada vafot etgan.

Leningrad oblasti Tergov qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.