softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Tramp po‘lat va alyuminiyga bojlarni 50 foizga oshirishni ma’qulladi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Tramp po‘lat va alyuminiyga bojlarni 50 foizga oshirishni ma’qulladi

Batafsil o'qish:

AQSh prezidenti imzolagan farmonga ko‘ra, AQShga po‘lat va alyuminiy importiga boj stavkasi 25 foizdan 50 foizgacha oshirilmoqda. Buyuk Britaniya bu rejim amal qilishi doirasidan chiqarilmoqda.

Foto: REUTERS/Leah Millis

AQSh prezidenti Donald Tramp import qilinadigan po‘lat va alyuminiyga bojlarni 25 foizdan 50 foizga oshirishni ma’qulladi. Amerika davlati rahbari tegishli farmonni imzolagani haqida 3 iyun, seshanba kuni Oq uyda xabar berildi.

«Men po‘lat mahsulotlari va po‘latdan yasalgan buyumlar, alyuminiy mahsulotlari importiga boj stavkalarini oshirish zarur va maqsadga muvofiq ekanligini aniqladim. Ular 2025 yil 4 iyun Sharqiy vaqt bilan soat 12:01 da kuchga kiradi», deyiladi hujjatda.

Unda yana bir bor aytilishicha, Buyuk Britaniya Vashington va London o‘rtasida 8 maydagi Iqtisodiy farovonlik to‘g‘risidagi bitimga rioya etilishini ta’minlash maqsadida rejim amal qilishi doirasidan chiqarilmoqda.

28 may kuni AQSh Xalqaro savdo sudi Donald Tramp aprel oyi boshida dunyoning deyarli barcha mamlakatlariga kiritgan tariflarning bir qismini noqonuniy deb topdi. Sud qaroriga ko‘ra, Trampning o‘zi bunday qaror qabul qilish vakolatiga ega emas.