softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Tramp ma’muriyati Serbiyadan deportatsiya qilingan migrantlarni qabul qilishni so‘radi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Tramp ma’muriyati Serbiyadan deportatsiya qilingan migrantlarni qabul qilishni so‘radi

Batafsil o'qish:

AQSh Davlat departamenti mintaqaviy byurosiga ushbu g‘oyani ilgari surish topshirilgan. Oq uy bunga izoh berishdan bosh tortdi.

Foto: AP

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Serbiya va boshqa Bolqon mamlakatlariga murojaat qilib, ularga Qo‘shma Shtatlardan deportatsiya qilingan migrantlarni qabul qilish taklifini bildirdi. Bu haqda Bloomberg o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

Agentlik suhbatdoshlaridan birining aytishicha, AQSh Davlat departamenti mintaqaviy byurosiga ushbu g‘oyani ilgari surish topshirilgan. «Amerika hukumati Bolqon davlatlari bilan muzokaralar davomida deportatsiya qilingan migrantlarni qabul qilish bo‘yicha kelishuvga erishgan-erishmagani aniq emas», — deyiladi xabarda.

Oq uy bunga izoh berishdan bosh tortgan. Davlat departamenti va Serbiya Tashqi ishlar vazirligi jurnalistlarning so‘rovlariga javob qaytarmagan.

Tramp ma’muriyati noqonuniy migratsiyaga qarshi keng ko‘lamli kurashni boshlagan. WP ma’lumotlariga ko‘ra, Tramp prezidentligining birinchi yilida Amerika hukumati 1 million migrantni deportatsiya qilish niyatida. AQSh bir necha oydan beri bunday migrantlarni qabul qilishga tayyor mamlakatlarni qidirmoqda. Afrika, Osiyo va Sharqiy Yevropa davlatlari, jumladan, Moldova hamda qisman tan olingan Kosovo bilan bu boradagi muzokaralar olib borilmoqda. Shuningdek, AQSh Ukrainaga ham shu kabi taklifni bildirgan.

Bolqon yarimoroli davlatlari allaqachon boshqa davlatlardan deportatsiya qilingan migrantlarni qabul qilib kelmoqda. Albaniya va Italiya o‘rasida shu kabi kelishuv bor. Italiya bosh vaziri Jorja Meloni Albaniya hukumati dengiz orqali Afrikadan Yevropaga kelmoqchi bo‘lgan migrantlar uchun markazlar yaratishga ko‘ndirgan. Italiya bunday markazlarga ketadigan xarajatlarni o‘z zimmasiga olgan.