Rossiyada barcha noutbuklarga mahalliy operatsion tizim o‘rnatish majburiyati yuklanadi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Yangi talab Rossiyadagi barcha savdo maydonchalariga, jumladan, elektronika do‘konlari va marketpleyslarga ham taalluqli bo‘lishi kutilmoqda.
Foto: ura.ru
Rossiya do‘konlarida sotilayotgan noutbuklarga «Alt», Astra Linux yoki Red OS kabi mahalliy operatsion tizimlar o‘rnatilishi kerak. Fplus IT-holdingi boshqaruv sherigi Aleksey Melnikovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya biznesi vakillari shu kabi tashabbus bilan chiqqan.
Melnikovning aytishicha, yangi talab Rossiyadagi barcha savdo maydonchalariga, jumladan, elektronika do‘konlari va marketpleyslarga ham taalluqli bo‘lishi kerak. «Hech narsa bo‘lmaydi — na inflatsiya, na isyon», — deydi u.
Mazkur talabni joriy etish smartfonlarga Rossiya ilovalarini qayta o‘rnatish kabi bo‘ladi: foydalanuvchi qurilmani yoqish vaqtida operatsion tizimni tanlaydi. Shuningdek, Melnikov ushbu talabni smartfonlarga ham qo‘llash taklifini bildirgan (gap «Avrora» yoki Red OS Mobile operatsion tizimlari haqida ketmoqda), ammo raqamli rivojlanish vaziri Maqsut Shadayev uni qo‘llab-quvvatlamagan — bu importning qisqarish xavfini yuzaga keltirishi mumkin.
Rossiya elektron kommunikatsiyalar assotsiatsiyasi direktori Yekaterina Demkinaning ma’lum qilishicha, noutbuklarga ommaviy ravishda Rossiya operatsion tizimlarini o‘rnatish «oson emas», chunki mahalliy dasturchilar taqdim etgan OS’ning tayyorligi «biroz cheklangan».
Fplus ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya operatsion tizimlari o‘rnatilgan noutbuklar ulushi 2-3 foizdan oshmaydi. Mamlakatda 2024 yilda noutbuklar bozori 242 milliard rublga (3,9 million qurilma) oshgan. Shu bilan birga, «Kommersant» manbasi RFda noutbuklarning yillik savdo ko‘rsatkichlari 2025 yil birinchi chorakda 12 foizga tushganini bildirgan.