softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Qozog‘iston uzra noma’lum obektlar. Mudofaa vazirligi bayonot berdi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Qozog‘iston uzra noma’lum obektlar. Mudofaa vazirligi bayonot berdi

Batafsil o'qish:

Ijtimoiy tarmoqlarda Qozog‘iston osmoni uzra yorqin obektlar uchib o‘tgani tasvirlangan videolar tarqaldi. Mamlakat Mudofaa vazirligi holat tegishli idoralar tomonidan o‘rganilayotganini ma’lum qildi.

Foto: KazTag

Qozog‘iston Mudofaa vazirligi bugun, 5 iyun kuni Ostona aholisi kuzatgan noma’lum obektlar yuzasidan bayonot berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Qozog‘istonga meteorit yoki bolid tushgani to‘g‘risida videolar tarqaldi. Kadrlarda Ostona uzra yorqin jismlar uchib o‘tganini ko‘rish mumkin. 

«Havo hududida noma’lum obektlar paydo bo‘layotgani haqidagi tarqalgan xabarlar munosabati bilan shuni ma’lum qilamizki, Qozog‘iston havo makonining buzilishi bilan bog‘liq holatlar qayd etilmadi. Vaziyat tegishli xizmatlar nazorati ostida. Aholi uchun hech qanday tahdid yo‘q. Ushbu hodisa kosmik apparat parchalarining atmosferaga kirishi yoki meteor yomg‘iri bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Odatda bunday obektlar atmosferaning zich qatlamlarida yonib ketadi va yer yuzasiga yetib kelmaydi. Fuqarolardan xotirjamlik saqlashni va asossiz ma’lumotlar tarqatmaslikni so‘raymiz. Mazkur hodisani tegishli organlar o‘rganmoqda va qo‘shimcha izoh beriladi», — deyiladi Mudofaa vazirligi bayonotida.