softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Balida sig‘imi 1 litrdan kichik suv idishlarni ishlab chiqarish taqiqlandi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Balida sig‘imi 1 litrdan kichik suv idishlarni ishlab chiqarish taqiqlandi

Batafsil o'qish:

Yangi cheklovlar orol ekologiyasiga tushayotgan yuklamani kamaytirish maqsadida qabul qilingan.

Foto: Unsplash

Balida suv uchun sig‘imi 1 litrdan kichik bo‘lgan plastik idishlarni ishlab chiqarish to‘xtatiladi. Bu haqda orol gubernatori Vayan Koster Denpasarda o‘tkazilgan soha vakillari bilan uchrashuvda ma’lum qildi, deb xabar beradi Kompas.

Kosterning so‘zlariga ko‘ra, korxonalar kichik hajmli idishlarni ishlab chiqarishni to‘xtatishlari va qoldiq mahsulotlarni sotib yuborishlari kerak. Uning aytishicha, yangi cheklovlar orol ekologiyasiga tushayotgan yuklamani kamaytirish maqsadida qabul qilinmoqda. 

«Balida sig‘imi 1 litrdan kichik bo‘lgan butilkalar qolmasligi kerak», — deydi u.

Gubernatorning ta’kidlashicha, orolda chiqindilar uchun mo‘ljallangan poligonlarning aksariyati to‘lib ketgan. Chiqindilarning katta qismini bir martalik plastiklar, jumladan, suv idishlari tashkil etadi. u Bali turistlar orasida eng mashhur yo‘nalishlardan biri bo‘lib qolayotgani va atrof-muhit holati mintaqa iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qilishini eslatib o‘tdi.

Shuningdek, Koster ushbu tashabbus markaziy hukumat tomonidan ma’qullanganini ham qo‘shimcha qildi.