softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

«U aqldan ozdi». Tramp va Mask tortishuvi yangi darajaga chiqdi - onlayn jang real vaqtda davom etmoqda

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

«U aqldan ozdi». Tramp va Mask tortishuvi yangi darajaga chiqdi - onlayn jang real vaqtda davom etmoqda

Batafsil o'qish:

Donald Tramp va milliarder Ilon Mask oldinroq o‘zlarining «yaxshi munosabatlari» haqida gapirgan bo‘lsa, endi ular o‘z ijtimoiy tarmoqlari orqali dahanaki jangga kirishdi. Mask o‘z yordamisiz Tramp saylovlarda g‘alaba qozona olmagan bo‘lishini aytdi, AQSh prezidenti esa uni «aqldan ozgan» deb atadi.

Foto: Reuters

Barchasi 5 iyun kuni Oq uyda o‘tkazilgan matbuot anjumanidan keyin boshlandi. Tramp Germaniya kansleri Fridrix Mers bilan uchrashuvdan so‘ng Maskni budjet xarajatlari to‘g‘risidagi qonun loyihasini yomonlagani uchun tanqid qildi.

«Ilon bilan juda yaxshi munosabatda edik. Bu yana [shunday] bo‘ladimi, bilmayman. U men haqimda juda yaxshi gapirgan, yomon so‘z aytmagan, lekin ishonchim komilki, keyingi safar bu sodir bo‘lishi mumkin», — dedi Tramp Oval kabinet jurnalistlar bilan uchrashuvda.

U biznesmen qonun loyihasiga oid tafsilotlardan yaxshi xabardor bo‘lganini ta’kidladi: «U mazkur qonunni deyarli barchadan yaxshi bilardi. Va unda birorta e’tiroz bo‘lmagan — toki u ketmagunicha».

«Ilondan juda hafsalam pir bo‘ldi. Axir men unga ko‘p yordam berdim», — deya qo‘shimcha qildi Tramp. U Mask «elektromobil sohasi uchun subsidiyalar olib tashlanganidan» hafa bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qildi. «Bu milliardlab dollar, ularda [Tesla] esa hozir savdolar bilan qiyinchiliklar bor», — deydi AQSh yetakchisi.

Mask X ijtimoiy tarmog‘i orqali darhol javob qaytardi:

«Farqi yo‘q. Qonun loyihasida elektromobillar va quyosh energetikasi uchun imtiyozlar qisqartirilishini saqlab qoling, neft va gaz uchun subsidiyalarga umumgan teginilmagan bo‘lsa ham (vafqulodda adolatsizlik!!), ammo tiqishtirilgan bir dunyo jirkanch xarajatlarni olib tashlang».

Oradan bir necha daqiqa o‘tgach, Mask agar o‘zining qo‘llab-quvvatlovi bo‘lmaganida Tramp saylovlarda umuman g‘alaba qozona olmagan bo‘lishi, demokratlar respublikachilar o‘rniga Kongressning ikkala palatasini ham nazorat qilgani haqida yozdi.

Biznesmen, shuningdek, Trampning qonun loyihasi tafsilotlari haqida xabardor bo‘lgani to‘g‘risida aytgan bayonotini rad etdi:

«Yolg‘on. Bu qonun loyihasi menga biror marta ko‘rsatilmagan. U yarim tunda shunchalik tez qabul qilindiki, Kongressdagi deyarli biror kim uni hatto o‘qishga ulgurmadi». 

Shu bilan birga, Mask «Amerikada rostdan ham aholining 80 foizini ifodalaydigan yangi siyosiy partiya tuzish vaqti kelmadimi?», degan so‘rovnoma o‘tkazdi. Javoblarning 80 foizi «ha» bo‘ldi.

Bundan tashqari, biznesmen Tramp «Epshteyn fayllarida ham uchrashi» va bu «ular e’lon qilinmasligining haqiqiy sababi» ekanini ma’lum qildi. Gap voyaga yetmaganlar savdosida ayblangan biznesmen Jyeffri Epshteynga bog‘liq hujjatlar haqida ketmoqda. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u obro‘li siyosatchi va biznesmenlarga 18 yoshdan kichik qizlarni yetkazib bergan. 2019 yilda Epshteyn qamoqxona kamerasidan o‘lik holda topilgan edi, shundan buyon jamoatchilik uning mijozlarini to‘liq ro‘yxati oshkor etilishini talab qilib keladi.

Prezidentlikka nomzodlik vaqtida Donald Tramp ushbu materiallarni e’lon qilishga va’da bergandi. Ammo inaugratsiyadan keyin hujjatlarning faqat eskirgan qismlarigina e’lon qilindi.

Shu bilan birga, Tramp ham bo‘sh kelmayapti — u sobiq ittifoqchisi bilan o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida urushmoqda. Avvaliga u Mask «chegaradan o‘tib ketgani»ni ma’lum qildi.

«Men undan ketishni so‘radim, barchani hech kimga kerak bo‘lmagan elektrokarlarni sotib olishga majbur qilgan elektromobillar bo‘yicha mandatini bekor qildim (va u buni amalga oshirishimni bir necha oy oldin bilardi!), — u shunchaki aqldan ozdi!», — deydi AQSh prezidenti.

Shuningdek, u milliarderni davlat qo‘llab-quvvatlovidan butunlay mahrum qilishini aytdi.

«Budjetimizda pulni, milliard-milliardlab dollarni tejashning eng yaxshi yo‘li — bu hukumat subsidiyalari va Ilonning shartnomalarini to‘xtatishdir. Bayden nima uchun buni amalga oshirmaganiga doim hayron qolaman», — deb yozadi Tramp.

Avvalroq biznesmen yangi soliq imtiyozlari to‘g‘risidagi qonun loyihasini keskin tanqid qilib, uni «jirkanch buzuqlik» deb atagandi. Tashabbus doirasida, xususan, soliq imtiyozlarini uzaytirish, chegaralarni qo‘riqlashga xarajatlari va davlat qarshining eng yuqori miqdorini oshirish ko‘zda tutilgan. Ammo Mask qonun loyihasi elektromobillar uchun soliq imtiyozlarini bekor qilishidan norozi, chunki bu Tesla — uning asosiy kompaniyasi manfaatlariga zarar keltiradi.