softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Dronlar Bryansk, Engels va Moskvaga hujum qildi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Dronlar Bryansk, Engels va Moskvaga hujum qildi

Batafsil o'qish:

6 iyunga o‘tar kechasi Rossiyaning bir qancha hududlari uchuvchisiz uchoqlar hujumiga uchradi. Engels shahrida turar joy binosi va neftni qayta ishlash zavodida yong‘in sodir bo‘ldi. Bryanskda aeroportda portlashlar sodir bo‘ldi.

Foto: AP

6 iyun, jumaga o‘tar kechasi Rossiyaning bir qancha hududlari uchuvchisiz uchoqlar tomonidan hujumga uchradi. Natijada, Rosaviatsiya ma’lumotlariga ko‘ra, Vnukovo, Domodedovo, Jukovskiy, shuningdek, Saratov va Kaluga aeroportlarida parvozlarga cheklovlar joriy etilgan.

Moskva meri Sergey Sobyanin Rossiya poytaxtiga o‘nta UUA tomonidan uyushtirilgan hujum qaytarilganini ma’lum qildi. «Favqulodda xizmatlar dronlar parchalari qulagan joyda ishlamoqda», — deb yozdi Sobyanin Telegram-kanalida. Mash kanali xabariga ko‘ra, dronlardan birining qoldiqlari Kaluga viloyatidagi Kiyev shossesiga tushgan. Bir nechta mashina shikastlangan.

Bryansk Telegram-kanallari shahar aeroportida yuz bergan kuchli portlash tasvirlarini chop etdi. U 2022 yil fevralidan Ukrainadagi urush sababli fuqaro aviatsiyasi uchun yopiq. Portlashning aniq sabablari noma’lum, biroq qator ijtimoiy tarmoqlarda dron hujumi haqida yozilmoqda. Mahalliy hokimiyat vakillari voqea yuzasidan izoh bermagan.

Dronlar, shuningdek, Rossiya strategik aviatsiyasi bazasi joylashgan Engels shahriga ham hujum qildi. Saratov viloyati gubernatori Roman Busarginning Telegramʼda xabar berishicha, ko‘p qavatli uy zarar ko‘rgan va sanoat korxonalaridan birida yong‘in sodir bo‘lgan. Qurbonlar yo‘q.