Dushanbeda bir oilaning 6 a’zosi is gazidan zaharlanib vafot etdi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dushanbeda is gazidan zaharlanish oqibatida bir oilaning olti nafar a’zosi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Tojikiston hukumati huzuridagi Favqulodda vaziyatlar va fuqarolik mudofaasi qo‘mitasi ma’lum qildi, deb xabar beradi Kazinform tass.ruga tayanib.
Voqea 28 fevralga o‘tar kechasi Dushanbe shimolidagi Firdavsiy tumanida sodir bo‘lgan.
Asia-Plus portalining xabar berishicha, halok bo‘lganlar orasida 6 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan to‘rt nafar bola, shuningdek, ularning otasi va onasi ham bor. Uy ko‘mir pechkasi bilan isitilgan, marhumlarning jasadlarini qo‘shnilari topib, voqea haqida tez yordam xizmatiga xabar bergan.
Manba: www.aniq.uz