Tom Kruz yonayotgan parashyut bilan 16 marta sakrab Ginnes rekordlar kitobiga kirdi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Aktyor o‘z filmlarida eng qiyin sahnalarni mustaqil ijro etishi bilan tanilgan. U kaskadyorlarning yordamiga kamdan-kam hollarda tayanadi.
Amerikalik aktyor Tom Kruz rasman Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi – u yonayotgan parashyut bilan 16 marta sakradi.
Rekord 2025 yil 5 may kuni Tokioda premerasi bo‘lib o‘tgan «Mission: Impossible - The Final Reckoning» filmini suratga olish jarayonida o‘rnatildi.
62 yoshli Kruz Janubiy Afrikadagi Drakensberg milliy bog‘ida 16 marta sakrashni amalga oshirdi. Sahna g‘oyasiga ko‘ra, aktyor vertolyotda havoga ko‘tarilib, yonuvchan modda bilan namlangan parashyut bilan sakraydi. Parashyut yonib ketgach, uni kesib yuboradi va zaxiradagi parashyutni ochadi. Tasvirga olish guruhi jarayonni sahnalashtirish uchun bir necha hafta vaqt sarfladi.
Kruz o‘z filmlarida eng qiyin sahnalarni mustaqil ijro etishi bilan tanilgan. U kaskadyorlarning yordamiga kamdan-kam hollarda tayanadi.
2024 yilda u Parijdagi Olimpiya o‘yinlarining yopilish marosimida qatnashib, «Stad de Frans» stadioni tomidan arqonda tushib, Olimpiya bayrog‘ini ko‘tardi va u bilan avval mototsiklda, keyin esa samolyotda Los-Anjyelesga jo‘nab ketdi.