softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Trampning siyosati tufayli AQSh turizm sanoati 12,5 mlrd dollar yo‘qotadi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Trampning siyosati tufayli AQSh turizm sanoati 12,5 mlrd dollar yo‘qotadi

Batafsil o'qish:

Prognozlarga ko‘ra, AQShdagi chet ellik turistlarning xarajatlari joriy yilda 7 foizga, ya’ni 169 milliard dollargacha kamayadi.

Foto: REUTERS

2025 yilda ko‘plab turistlar prezident Donald Tramp siyosati tufayli AQShga bormaslikka qaror qilayotgani bois mamlakat iqtisodiyoti 12,5 milliard dollar yo‘qotadi. Bu haqda Jahon sayohat va turizm kengashi (WTTC) ma’lumotlariga tayanib, Bloomberg xabar berdi.

WTTC prognozlariga ko‘ra, AQShdagi chet ellik turistlarning xarajatlari joriy yilda 7 foizga, ya’ni 169 milliard dollargacha kamayadi.

2025 yilning dastlabki to‘rt oyida AQShga uchib kelgan xorijliklar soni 2024 yil bilan taqqoslaganda 2,5 foizga kamaygan. Ayniqsa, mart oyidagi kuchli pasayish kuzatilgan — 9,7 foiz, aprelda esa biroz tiklanish bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich 2,8 foizga oshgan.

Ta’kidlanishicha, may oyida AQShga keladigan turistlar oqimi 6 foizga kamaygan — bu asosan Kanada va Yevropadan tashrif buyuradigan sayyohlar bilan bog‘liq. CNBC’ning ma’lum qilishicha, ko‘plab kompaniyalar chegaradagi tekshiruvlar kuchaytirilgani va mamlakatga kelayotganlar ushlanib, deportatsiya qilinishi mumkinligi bois o‘z xodimlarining AQShga xizmat safarlari qayta ko‘rib chiqmoqda.

4 iyunda Donald Tramp AQShga 12 davlat, jumladan, Afg‘oniston, Eron, Kongo va Liviya fuqarolarining kirishini taqiqlovchi farmonni imzolagan edi.