softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

«Missiya yakunlandi». «Vagner» XHK Malidan ketishini e’lon qildi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

«Missiya yakunlandi». «Vagner» XHK Malidan ketishini e’lon qildi

Batafsil o'qish:

«Vagner» yollanma jangchilari 3,5 yil davomida «Mali xalqi bilan yelkama-yelka terrorizmga qarshi kurashgani» va endi mamlakatni tark etishini ma’lum qildi.

Foto: AP

«Vagner» xususiy-harbiy kompaniyasi Maliyadagi «asosiy missiyasi»ni bajarib bo‘lgani va ushbu mamlakatni tark etishini e’lon qildi. Bu haqda yollanma jangchilarga yaqin bo‘lgan «Razgruzka Vagnera» Telegram-kanali xabar berdi.

Qayd etilishicha, yollanma jangchilar 3,5 yil davomida «Mali xalqi bilan yelkama-yelka terrorizmga qarshi kurashgan».

«Biz yillar davomida tinch aholini dahshatga solib kelgan minglab jangarilar va ularning komandirlarini yo‘q qildik. Mahalliy vatanparvarlarga o‘z yurtini himoya qila oladigan kuchli va intizomli armiya tuzishda yordam berdik. Va eng muhim vazifani bajardik — barcha mintaqaviy poytaxtlar qonuniy hokimiyat nazoratiga qaytdi. Missiya yakunlandi. «Vagner» XHK uyga qaytmoqda,» — deyiladi postda.

«Vagner» XHK Malidagi ishlar uchun odamlarni yollayotganiga oid OAVda ilk xabarlar 2021 yil sentabr oyida paydo bo‘lgandi. O‘shanda davlat to‘ntarishini natijasida polkovnik Assimi Goita hokimiyat tepasiga kelgan, shundan keyin mamlakatdagi 5 mingdan ortiq fransuz harbiy xizmatchilari olib chiqib ketilgan edi. G‘arb OAVga ko‘ra, yollanma jangchilar Mali harbiylarini tayyorlashi va yuqori martabali amaldorlar himoyasini ta’minlashi kerak bo‘lgan. Rossiya TIV bitim mavjudligini amalda tasdiqlab, RF rasmiylarining bunga hech qanday aloqasi yo‘qligini bildirgan.

All Eyes On Wagner loyihasi «Vagner» XHKning Malidagi birinchi yiliga oid hisobotni e’lon qilgandi. Unda ommaviy qotilliklar, zo‘ravonlik, o‘g‘irlik va tinch aholiga hujumlar haqida so‘z boradi.

2024 yil yozda isyonchi tuareglar va Mali hukumati qo‘shinlari o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz bergandi. Janglar oqibatida hukumat qo‘shinlari va vagnerchilar tuzoqqa tushib qolgan. Turli ma’lumotlarga ko‘ra, 20 dan 80 nafargacha yollanma jangchi halok bo‘lgan.