YeIga a’zo 5 ta davlat bolalar uchun TikTok va YouTubeʼni taqiqlash taklifi bilan chiqdi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Yevropalik bolalar ijtimoiy servislardan o‘rtacha 7-8 yoshdan boshlab foydalanmoqda. Gadjetlardan uzoq vaqt davomida foydalangan bolalarda kayfiyat buzilishi va depressiya rivojlanishi mumkin.
Fransiya, Gretsiya, Daniya, Sloveniya va Kipr vakillari 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlarni, jumladan, TikTok, Instagram, YouTube va boshqa mashhur platformalarni taqiqlashga chaqirdi, deb yozadi Deutsche Welle.
Qayd etilishicha, hozirda Yevropadagi bolalar ijtimoiy tarmoqqa ro‘yxatdan o‘tishda o‘zlarining tug‘ilgan sanalarini o‘zgartirib, TikTok, Instagram, Snapchat va X (ularga 13 yoshdan keyin kirish mumkin), shuningdek, YouTube va Tumblr (16 yoshgacha bo‘lganlarga cheklangan) qo‘yilgan taqiqlarni osonlikcha chetlab o‘tmoqda. Shuning uchun YeIga a’zo davlatlar raqamli texnologiyalar vazirlarining Lyuksemburgdagi uchrashuvida Fransiya platformalarga voyaga yetmagan foydalanuvchilar uchun ota-onalar ruxsatini olish majburiyatini yuklashni taklif qildi. Fransiyaning o‘zida bunday qonun ikki yil oldin qabul qilingan, ammo hozircha YeI tomonidan kerakli ma’qullovni olmagan.
Fransiya Raqamlashtirish va telekommunikatsiya vazirligi rahbari Klara Shappazning ma’lum qilishicha, yevropalik bolalar ijtimoiy servislardan o‘rtacha 7-8 yoshdan boshlab foydalanyapti. Taqiq tashabbuskorlarining fikricha, ijtimoiy tarmoqlarda nafrat va haqoratdan tortib, pornografiyagacha bo‘lgan qator xavf-xatarlar mavjud.
Bundan tashqari, gadjetlardan uzoq vaqt davomida foydalangan bolalarda kayfiyat buzilishi va depressiya rivojlanishi mumkin. Shuningdek, voyaga yetmaganlarda tanqidiy fikrlash qobiliyati pasayish xavfi yuzaga keladi.
Yevrokomissiya foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarni xavfsiz boshqarish imkonini beradigan ilova yaratmoqchi. U ijtimoiy tarmoqlarga foydalanuvchi ruxsat etilgan minimal yoshga yetgan yoki yetmagani to‘g‘risida ma’lumot berib keladi.