softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Braziliyada fermer 36 mln dollar yutib oldi va 25 kundan keyin stomatolog qabulida vafot etdi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Braziliyada fermer 36 mln dollar yutib oldi va 25 kundan keyin stomatolog qabulida vafot etdi

Batafsil o'qish:

Shifokor bemorning surunkali kasalliklari - qon bosimi, diabet va yurak bilan bog‘liq muammolarini inobatga olmasdan, anesteziyani haddan ortiq ko‘p miqdorda qo‘llagan.

Foto: AP

Braziliyada lotereyada 36 million dollar yutuq chiqqan erkak stomatologik jarayon vaqtida vafot etdi, deb xabar beradi Ultimos Segundo.

Qayd etilishicha, 73 yoshli chorvador Antoniu Lopes de Sikeyra Mega-Sena8 lotereyasi tarixidagi eng yirik mukofot — 201 million realni (qariyb 36 million dollar) yutib olgan. Oradan 25 kun o‘tgach esa erkak Kuyaba shahrida stomatology qabulida vafot etgan.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, shifokor bemorning surunkali kasalliklari — qon bosimi, diabet va yurak bilan bog‘liq muammolarini inobatga olmasdan, anesteziyani haddan ortiq ko‘p miqdorda qo‘llab yuborgan.

Bemor bir muddat qabul bo‘limida bo‘lgan, uning ahvolini hech kim kuzatmagan. Ko‘p o‘tmay erkakning yurak urishi to‘xtagan.

Mahalliy prokuratura shifokorlar mas’uliyatsizligi fakti bo‘yicha ish ochgan. Tergov natijasida Antoniu Lopes de Sikeyraning o‘limi lotereyadagi yutug‘i bilan bog‘liq emasligi, balki tibbiy xato va yaxshi parvarish yo‘qligi oqibati yuzaga kelgani aniqlangan.