Kanar orollarida o‘tkazilgan operatsiyada salkam 4 tonna kokain musodara qilindi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Ispaniya, Portugaliya, Buyuk Britnaiya, Kolumbiya va AQSh politsiya bo‘linmalari maxsus operatsiya o‘tkazdi. Uning doirasida uyushgan jinoiy guruhning 48 a’zosi qo‘lga olindi.
Foto: AP
Kanar orollarida Yevropol ko‘magida o‘tkazilgan operatsiya doirasida Janubiy Amerikadan Yevropa Ittifoqi davlatlariga kokain yetkazib berish bilan shug‘ullangan uyushgan jinoiy guruhning 48 a’zosi qo‘lga olindi.
Qayd etilishicha, 29 ta manzilda o‘tkazilgan tintuvlar davomida politsiya 3,8 tonna kokain, 69 ta transport vositasi, jumladan, kater, o‘qotar qurol va 100 ming yevro miqdorida pul mablag‘larini musodara qilgan.
Ma’lumotlariga ko‘ra, Ispaniya, Portugaliya, Buyuk Britnaiya, Kolumbiya va AQSh politsiya bo‘linmalari ishtirokida o‘tkazilgan «Qora soya» operatsiyasi doirasida «kokain kontrabandasi bilan shug‘ullangan eng yirik uyushgan jinoiy guruhlardan birining faoliyatiga chek qo‘yilgan». Operatsiyadan oldin Kanar orollarining uchalasida ham faoliyat yuritgan jinoiy guruhning to‘rt oylik tergovi olib borilgan.
Jinoyatchilar 11 ta tezyurar katerlardan foydalanib, Braziliya va Kolumbiyadan narkotib tashuvchi kemalar yoniga borgan, so‘ng kokainni qirg‘oqqa tashigan. Keyin esa kokain Yevropaga, jumladan, Buyuk Britaniyaga yuborilgan. Britaniya Jinoyatchilikka qarshi kurashish milliy agentligining ma’lum qilishicha, operatsiya doirasida hibsga olinlar orasida bir nafar Buyuk Britaniya fuqarosi ham bor.