softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Oq uy senatni Rossiyaga qarshi «qaqshatkich» sanksiyalariga oid qonun loyihasini yumshatishga chaqirdi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Oq uy senatni Rossiyaga qarshi «qaqshatkich» sanksiyalariga oid qonun loyihasini yumshatishga chaqirdi

Batafsil o'qish:

Sanksiyalar doirasida RFdan neft xarid qiladigan mamlakatlar importiga 500 foizli bojlar qo‘llash taklif qilingan. Tramp qonun loyihasi AQSh va Rossiya munosabatlarini yaxshilash yo‘lidagi urinishlariga zarar yetkazishi mumkinligidan xavotirda.

Foto: Getty Images

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati respublikachi senator Lindsi Gremni Rossiyaga qarshi sanksiyalarga oid o‘zi ilgari surayotgan qonun loyihasini yumshatishga undamoqda, deb yozadi The Wall Street Journal. Senator agar Moskva tinchlik muzokaralaridan voz kechsa, cheklovlar joriy etishni taklif qilgan.

Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi haftalarda Oq uy vakillari senator Gremning ofisiga norasmiy aloqaga chiqqan va uni qonun loyihasini yumshatishga chaqirgan. Tramp ma’muriyati vakillari hujjatga prezident cheklovlarni kimlarga nisbatan joriy etishni tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladigan istisnolar kiritishni taklif qilgan.

Xususan, Gremga qonun loyihasining butun matnida «shall» («majbur») so‘zini «may» («mumkin») so‘ziga almashtirish taklif etilgan. Oq uy bu yo‘l bilan hujjatdagi majburiy talablarni bekor qilishga intilmoqda.

Qonun loyihasining hammualliflaridan biri, Demokratik partiya vakili senator Richard Blyumental Oq uy bilan yopiq eshiklar ortida maslahatlar bo‘lganini tasdiqlagan. Shu bilan birga, u uchrashuvlar mazmuniga izoh berishdan bosh tortgan.

WSJ’ning qayd etishicha, har qanday ma’muriyat ovoza bo‘ladigan qonun loyihalariga o‘zgartirishlar kiritishni so‘raydi, shu orqali prezidentga ko‘proq vakolat berishga urinadi. «Ammo sanksiyalarning majburiy xarakterini bekor qilish Gr’m qonun loyihasini «tishsiz» qiladi, deydi xodimlar. Ularning ta’kidlashicha, Tramp shundoq ham o‘z ixtiyori bilan sanksiyalar joriy etishi mumkin», — deyiladi maqolada.

Rossiyaga qarshi birlamchi va ikkilamchi sanksiyalarga oid ikki partiyali qonun loyihasini 80 nafardan ortiq senator qo‘llab-quvvatlagan. Uning doirasida Rossiyaning yuqori martabali amaldorlariga cheklovlar joriy etish, shuningdek, RF neft mahsulotlari, tabiiy gaz yoki uranini xarid qilayotgan mamlakatlar importiga 500 foizli bojlar qo‘llash taklif qilingan. Qonun loyihasi mualliflari sanksiyalarni «qaqshatkich» deb ta’riflagan.

WSJ’ga ko‘ra, Donald Tramp qonun loyihasi uning AQSh va Rossiya munosabatlarini yaxshilash yo‘lidagi urinishlariga zarar yetkazishi mumkinligidan xavotirda.