softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Buyuk Britaniyada 700 yil oldin amalga oshirilgan qotillik fosh etildi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Buyuk Britaniyada 700 yil oldin amalga oshirilgan qotillik fosh etildi

Batafsil o'qish:

1337 yilda London markazida ruhoniy o‘ldirib ketilgan. Zamonaviy kriminalistlar qotillikni buyurtmachisi va uni amalga oshirgan shaxslarni fosh etdi.

Foto: Shutterstock

Kriminalistlar 700 yil oldin qasddan o‘ldirilgan ruhoniyga oid ishni fosh etishga muvaffaq bo‘ldi. Tadqiqot natijalari Criminal Law Forum ilmiy jurnalida e’lon qilindi. 

Qayd etilishicha, 1337 yilning 3 may kuni kechqurun London markazidagi gavjum Chipsayd ko‘chasida Jon Ford ismli ruhoniy o‘ldirilgan. Oradan salkam 700 yil o‘tgach, Kembrij universiteti tadqiqotchilari qotillik sababi, buyurtmachisi va jinoyatni kim ijro etganini aniqladi. Mazkur ish kriminalist Manuel Eysnerning «O‘rta asr qotilliklari xaritasi» loyihasining bir qismi hisoblanadi. Tadqiqot davomida u London, York va Oksforddagi XIV asrda faoliyat yuritgan koronerga (o‘lim sababini aniqlashga mas’ul shaxs) tegishli 355 ta bayonnomani tahlil qilib chiqqan.

XIV asrda London qirollikning aholisi 60-80 mingga yetadigan eng yirik shaharlaridan biri bo‘lgan. Bu nufuzli gildiyalar tomonidan boshqariladigan muhim savdo markazi edi. Yorkda esa 10-15 ming kishi yashagan va Shimoliy Angliyaning tekstil savdosi rivojlangan asosiy shahri hisoblangan. Oksford nisbatan kichik — 6 ming kishilik shahar edi. Ammo ushbu shahar universitet tufayli mashhur bo‘lgan.

O‘z davrida ovoza bo‘lgan qotilliklardan biri aynan Londonda yuz bergan. Jon Ford ibodatdan keyin Chipsayd bo‘ylab ketayotganida, uning yoniga boshqa bir ruhoniy — Haskap Nevill kelgan va jabrlanuvchini suhbatga tortgan. Ular birgalikda 200 metrga yaqin yo‘l bosganidan keyin, Fordga to‘rt nafar erkak hujum qilgan. Ulardan biri 30 santimetrli xanjar bilan Fordni bo‘g‘izlagan, yana ikki nafari qorniga pichoq sanchgan. Hujum qilganlar orasida Ela Fitspeyn ismli yuqori martabali ayolning ukasi Xyu Lovell, uning ikki sobiq xizmatkori va tindeyllik Jon ismli shaxs ham bo‘lgan.

Zamonaviy tadqiqotchilarning aniqlashicha, jinoyat to‘rt yil oldingi voqeaga bog‘liq bo‘lib, qasos maqsadida amalga oshirilgan. 1332 yilda Kenterberi arxiyepiskopi Ela Fitspeynni ko‘plab jinsiy aloqalarda, jumladan, Jon Ford bilan munosabatda bo‘lganlikda ayblagan. Jazoni o‘tash tariqasida unga yetti yil davomida har yili Solsberi sobori bo‘ylab yalangoyoq yurish buyurilgan.

«XIV asr Angliyasida monastirlarga bosqinlar uyushtirgan ayol Kenterberi arxiyepiskopiga ochiqchasiga qarshi chiqqan va ruhoniyni o‘ldirishni rejalashtirgan. Ela Fitspeyn aftidan, juda muhim shaxs bo‘lgan», — deya ta’kidladi kriminalist Eysner.

Qotillikdan keyin tergov boshlangan. Natijada, ayblov faqat qotillardan biriga nisbatan e’lon qilingan, buyurtmachi va uning ijrochisi ismi uzoq vaqt sir saqlab kelingan. Ela Fitspeyn, uning ukasi va ishga qaloqador boshqa shaxslar sud qarshisida javob bermagan.