Xitoyda uchuvchisiz aerotaksi birinchi shaharlararo parvozini amalga oshirdi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Xitoyda birinchi marta AutoFlight uchuvchisiz samolyoti ikki shahar o‘rtasida yo‘lovchilarni tashidi, deb xabar beradi Kazinform.
AutoFlight kompaniyasi samolyoti yo‘lovchilarni Shenchjendan Chjuxayga, 50 km masofaga bor-yo‘g‘i 20 daqiqada olib bordi. Bu yo‘nalishdagi sayohat avtomobil bilan 2-3 soat davom etgan bo‘lardi.
Aerotaksi to‘rtta yo‘lovchini 250 km masofaga tashishga qodir. Parvoz tezligi soatiga 200 km bo‘lishi mumkin. Endi AutoFlight to‘lov evaziga xizmatni uchish uchun lisenziya olishni rejalashtirmoqda. Agar reja amalga oshirilsa, Shenchjendan yiliga 300 ming reys amalga oshirish rejalashtirilgan.
Manba: www.aniq.uz