softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

AEXA Suriyadagi yadroviy inshootlarni tekshirishga ruxsat oldi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

AEXA Suriyadagi yadroviy inshootlarni tekshirishga ruxsat oldi

Batafsil o'qish:

Biz o‘tmishda yadroviy dastur bilan bog‘liq bo‘lgan ayrim faoliyatlarga to‘liq aniqlik kiritishga intilamiz - Rafael Mariano Grossi.

Foto: AP

Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (AEXA) rahbari Rafael Mariano Grossi Suriya muvaqqat hukumati agentlikka mamlakatdagi «shubhali» yadroviy obektlarni tekshirishga ruxsat berganini aytdi. Bu haqda u Suriya prezidenti Ahmad ash-Shar’a va boshqa yuqori amaldorlar bilan Damashqda uchrashgandan so‘ng Associated Press agentligiga ma’lum qildi.

«Agentlik sifatida biz o‘tmishda yadroviy dastur bilan bog‘liq bo‘lgan ayrim faoliyatlar bo‘yicha to‘liq oydinlik kiritishga intilamiz», dedi Grossi.

Uning ta’kidlashicha, mamlakatdagi yadroviy obektlardan radiatsiya sizib chiqishiga «hech qanday ishora» yo‘q. Biroq kuzatuvchilar boyitilgan uran qayerdadir saqlanishi va kelajakda qayta ishlatilishi, kontrabanda qilinishi yoki sotilishi ehtimolidan xavotirda, dedi AEXA rahbari.

Grossi Suriyaning yangi ma’muriyati «dunyoga ochiqlik va xalqaro hamkorlik» masalalarida qat’iy pozitsiyani egallab turganini ta’kidlab, tekshiruv jarayoni bir necha oy ichida yakunlanishiga umid bildirdi.

Suriya hukumati AEXAga o‘zining sobiq yadroviy inshootlariga zudlik bilan kirishni ta’minlashga rozi bo‘ldi, dedi u.

«Prezident Shar’a agentlik bilan hamkorlik qilishda juda konstruktiv yondashuvni namoyish etdi va zarur ish olib borilishini ta’minlashga tayyorligini bildirdi», — deya qo‘shimcha qildi AEXA rahbari.

«Prezident menga, shuningdek, kelajakda atom energiyasidan foydalanish imkoniyatlarini o‘rganishni xohlashini aytdi», dedi Grossi.