softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Kolumbiyada saylovoldi mitingida chiqish qilayotgan senatorga suiqasd uyushtirildi - video

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Kolumbiyada saylovoldi mitingida chiqish qilayotgan senatorga suiqasd uyushtirildi - video

Batafsil o'qish:

Kolumbiyada prezidentlikka nomzod Migel Uribe Turbayga suiqasd uyushtirildi. Uning tansoqchilari o‘q uzgan 15 yoshli o‘smirni qo‘lga olishga muvaffaq bo‘ldi. Hukumat hujumga oid har qanday ma’lumot uchun 730 ming dollargacha pul va’da qildi.

Foto: Videodan kadr

Bogotadagi saylovoldi mitingida chiqish qilayotgan kolumbiyalik senator Migel Uribe Turbayga bir necha marta o‘q uzildi. U og‘ir ahvolda shifoxonaga olib ketildi, deb yozadi The Bogota Post.

Uribe o‘z kampaniyasi doirasida tashviqot ishlarini olib borayotgan edi — oldinroq u 2026 yilgi prezidentlik saylovida ishtirok etish uchun o‘z nomzodini qo‘yishini e’lon qilgandi. Qayd etilishicha, olomon oldiga mototsiklda ikki erkak kelgan va ulardan biri Uribening orqasiga bir necha marta o‘q uzgan — ularning besh yoki oltitasi senatorga tekkan.

Uribening tansoqchilari ishtirokida otishma boshlangan. Natijada, senatorga o‘q uzgan 15 yoshli o‘smir qo‘lga olingan (boshqa ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘lga olingan shaxs 14 yoshda). Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videodan ko‘rish mumkinki, u ham qo‘lga olish vaqtida yaralangan. El Mundo’ning yozishicha, o‘smir «o‘z hayotini saqlab qolish evaziga» hujum to‘g‘risida ma’lumot taqdim etishga va’da bergan. Mudofaa vaziri Pedro Sanches hukumat hujumga oid har qanday ma’lumot uchun 3 milliard pesogacha (730 ming dollar) mukofot berishini ma’lum qildi.

Uribe vertolyotda Santa-Fe shifoxonasiga yetkazilgan. Tibbiyot xodimlarining ma’lum qilishicha, u tizzasidan va boshidan ikkita o‘q yegan. Uribening rafiqasi Mariya Klaudiya Tarazona turmush o‘rtog‘i «hayot uchun kurashayotganini» yozib qoldirdi. Keyinroq u Uribe «operatsiyadan chiqqani», ammo ahvoli og‘irligicha qolayotganini aytdi.

Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro Uribega hujumni qoraladi va o‘zining Fransiyaga rejalashtirilgan diplomatik safarini bekor qildi. AQSh davlat kotibi Marko Rubio ham hujumni qoralab chiqdi. «Bu demokratiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid va Kolumbiya hukumati yuqori doiralaridan chiqayotgan agressiv so‘l ritorikaning natijasidir», — deb yozadi Rubio.

39 yoshli Uribe — Kolumbiya sobiq prezidenti Alvaro Uribe (ular qarindosh emas) tomonidan asos solingan muxolif «Demokratik markaz» konservativ partiyasi a’zosi hisoblanadi. Bundan tashqari, Uribe Kolumbiyani 1978 yildan 1982 yilga qadar boshqargan Xulio Sezar Turbayning nabirasidir. Senatorning onasi Diana Turbay esa Pablo Eskobarning Medelin karteli tomonidan o‘g‘irlab ketilgan va 1991 yilda ozod etilish vaqtida halok bo‘lgan taniqli jurnalist bo‘lgan.