softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Shimoliy Koreyada qo‘qqisdan internet ishlamay qoldi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Shimoliy Koreyada qo‘qqisdan internet ishlamay qoldi

Batafsil o'qish:

KXDRdagi butun raqamli infratuzilma vaqtincha global kuzatuv tizimlarida ko‘rinmay qoldi, shuningdek, elektron pochtalar faoliyatida ham uzilishlar kuzatildi.

Foto: Reuters

8 iyunga o‘tar kechasi Shimoliy Koreyada keng ko‘lamli internet uzilishi kuzatildi — bir necha soat davomida muhim davlat va jamoat onlayn resurslariga kirib bo‘lmadi. Xususan, TIV portal kabi hukumat saytlari, Air Koryo milliy aviakompaniyasi va rasmiy yangiliklar agentliklari veb-sahifalari ishlamay qoldi. Reutersʼning yozishicha, internet bilan aloqa kun yarmiga kelib tiklangan.

KXDRdagi internet faollikni monitoring qilishga ixtisoslashgan britaniyalik tadqiqotchi Junad Alining ma’lum qilishicha, mamlakatdagi butun raqamli infratuzilma vaqtincha global kuzatuv tizimlarida ko‘rinmay qolgan, shuningdek, elektron pochtalar faoliyatida ham uzilishlar kuzatilgan. Bunga nima sabab bo‘lgani hozircha aniqlanmagan bo‘lsa-da, Stimson’ning Vashington markazidan bo‘lgan Martin Uilyams ham xuddi shu kabi fikrni bildirdi. Unga ko‘ra, nosozliklar ichki tarmoqlarga taalluqli, chunki Xitoy va Rossiya orqali aloqa ham uzilgan.

Mazkur holat dunyodagi eng yopiq internet tizimlardan birida sodir bo‘ldi. KXDR aholisining aksariyati faqat global tarmoqdan izolyatsiya qilingan milliy internet tarmoqqa kira oladi. Cheklangan doiradagi amaldorlar va hukumat vakillarigina internetdan erkin foydalanishi mumkin, davlat va yangiliklarga ixtisoslashgan onlayn reurslardan bo‘lsa, ko‘pincha chet eldagi auditoriya uchun Pxenyanning rasmiy pozitsiyasini yetkazishda foydalaniladi.

Oldinlari bunday uzilishlar bir necha bor kiberhujumlar bilan bog‘langan. Shu bilan birga, Shimoliy Koreyaning o‘zida ko‘plab hakerlik guruhlari faoliyat yuritadi, ular orasida mamlakat razvedkasiga aloqador Lazarus ham bor. Ushbu guruh xalqaro moliyaviy tashkilotlarga kiberhujumlarda va yirik miqdorda kriptovalutalar o‘g‘irlashda ayblanadi. Rasmiy Pxenyan esa o‘zining kiberhujumlar, kriptovalutalar o‘g‘irlanishi va boshqa turdagi kiberjinoyatlarga aloqadorligini rad etib keladi.