softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

United Airlines aviakompaniyasi o‘z samolyotlaridan Starlink’ni o‘chirib qo‘yishni boshladi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

United Airlines aviakompaniyasi o‘z samolyotlaridan Starlink’ni o‘chirib qo‘yishni boshladi

Batafsil o'qish:

Bunga Starlink terminallari va uchuvchilarning aviadispetcher bilan aloqasini ta’minlaydigan bort antennalaridan bir vaqtda foydalanilganda muammo yuzaga kelayotgani sabab bo‘ldi.

Foto: Getty images

United Airlines aviakompaniyasi o‘zining ba’zi ichki reyslarida Starlink sun’iy yo‘ldosh internetidan foydalanishni vaqtincha to‘xtatib qo‘ydi, deb xabar beradi PSMag.

Qayd etilishicha, bunga Starlink terminallari va uchuvchilarning aviadispetcherlar bilan aloqasini ta’minlaydigan bort antennalaridan bir vaqtda foydalanganda yuzaga kelayotgan statik xalaqitlar sabab bo‘lmoqda.

May oyida United Airlines reklama kampaniyasi doirasida Starlink’dan bepul foydalanishni taklif qilishni boshlagandi — shu orqali u yo‘lovchilarga SpaceX’ning sun’iy yo‘ldosh internetini taqdim etayotgan kam sonli aviakompaniyalardan biriga aylangan edi. Ushbu xizmatni taqdim etish boshlangan vaqtida u tez va barqaror ishlagan, kompaniya bo‘lsa 2025 yil oxiriga qadar o‘zining barcha aviaparkini Starlink bilan jihozlash rejasini ma’lum qilgan.

Hozirda servis taxminan 20 ta Embraer E175 samolyotlarida to‘xtatib qo‘yilgan. Aviatashuvchi muammo havo kemasining kommunikatsiya uskunalari va Starlink terminallarini parallel ravishda foydalanishda yuzaga kelayotgan xalaqitlar bilan bog‘liqligini tasdiqlagan. Kompaniya ushbu nosozlik parvozlar xavfsizligi uchun tahdid uyg‘otmasligini qayd etdi.

Ushbu vaziyat tufayli reyslarni bekor qilish rejalashtirilmagan. Buning o‘rniga har bir samolyot rejali texnik xizmat ko‘rsatishdan o‘tadi. «Yaqin vaqt ichida ushbu havo kemalarida servis tiklanishini kutyapmiz», — deyiladi United Airlines xabarida.