Germaniyada barcha politsiyachilarni elektroshokerlar bilan qurollantirish taklif qilindi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Mamlakat ichki ishlar vaziriga ko‘ra, elektroshokerlar dubinkalardan ko‘ra samaraliroq va o‘qotar qurollarga nisbatan kamroq zarar yetkazadi.
Foto: DPA
Germaniya ichki ishlar vaziri Aleksandr Dobrindt politsiyachilarga elektroshokerlarni qo‘llashga ruxsat berishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. Uning qo‘shimcha qilishicha, joriy yilda tegishli huquqiy baza ishlab chiqiladi.
«Politsiyamiz uchun elektroshokerlardan foydalanish mutlaqo zarurligiga ishonchim komil», — deydi IIV rahbari. Dobrindtning baholashicha, bu jamoat joylarida politsiyachilarga nisbatan kuchaygan tahdidlarga qarshi kurashga mos keladigan vosita.
Uning ta’kidlashicha, elektroshokerlar dubinkalardan ko‘ra samaraliroq va o‘qotar qurollarga nisbatan kamroq zarar yetkazadi. Huquq-tartibot organlari ularni tig‘li-kesuvchi qurolga ega huquqbuzarlarga nisbatan qo‘llashni rejalashtirmoqda. O‘z navbatida Bavariya ichki ishlari vaziri Yoaxim Xerman ushbu choraning samaradorligiga shubha bildirdi. Shuningdek, Quyi Saksoniya IIV rahbari Daniela Berens ham buni tanqid qildi.
Hozirda Germaniyaning ayrim hududlarida, jumladan, Berlin, Gessen, Reynland-Pfals yerlari va Shimoliy Reyn-Vestfaliya yerlarining alohida departamentlarida elektroshokerlardan foydalaniladi.