softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Yaponiya ilk bor 1000 kilometrdan ortiq masofaga uchadigan raketalarini namoyish etdi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Yaponiya ilk bor 1000 kilometrdan ortiq masofaga uchadigan raketalarini namoyish etdi

Batafsil o'qish:

Raketalarni ishlab chiqish va modernizatsiya qilish bilan Mitsubishi Heavy Industries kompaniyasi shug‘ullanadi.

Foto: CCTV

Yaponiya Quruqlikdagi qo‘shinlari ilk bor 1000 kilometr uzoqlikdagi dengiz va yerusti nishonlariga yakson qilishga qodir yangilangan «Tip-12» raketa qurilmasini namoyish etdi.

Qayd etilishicha, namoyish 2 mingga yaqin harbiy xizmatchi ishtirok etgan Fuji tog‘i etagidagi jangovar o‘quv mashg‘uloti vaqtida bo‘lib o‘tgan.

Yomiuri gazetasining ma’lumotlariga ko‘ra, raketalarni ishlab chiqish va modernizatsiya qilish bilan Mitsubishi Heavy Industries kompaniyasi shug‘ullanadi. Ulardan quruqlikda, kemada va samolyotlarda ham foydalanish mumkin. O‘quv mashg‘uloti davomida to‘rtta raketaga mo‘ljallangan g‘ildirakli mobil uchirish qurilmasi namoyish etilgan. 

Manyovrlar doirasida 50 ga yaqin tank va zirhli texnikalar, 60 ta artillery qurilmasi, shuningdek, 20 dan ortiq samolyot va vertolyot ishtirok etgan. Mashg‘ulotdagi otishmalar davomida qariyb 77 tonna o‘q-dori sarflangan.

«Tip-12» tizimlari 2025-moliyaviy yildan boshlab qo‘shinlarga yetkazib berilishi kutilmoqda. Birinchi navbatda ularni Kyusyu orolining janubi-g‘arbiy qismiga — Sharqiy Xitoy dengizi tomon yo‘nalgan mintaqaga joylashtirish rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, mamlakat hukumati Amerikaning Tomohawk qanotli raketalaridan 400 ta sotib olish niyatida.