Shveytsariyadagi qishloqqa ko‘chib kelgan sayyohlarga 24 ming dollardan pul to‘lanadi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Ammo buning qator talablari bor. Ko‘chib o‘tish istagida bo‘lgan sayyohlar 45 yoshdan kichik bo‘lishi va oxir-oqibat Shveytsariya fuqaroligini olishlari kerak.
Foto: Legion Media
Shveytsariyaning Alp tog‘lari etagida joylashgan Albinen qishlog‘i ushbu maskanga ko‘chib kelgan insonlarga 20 ming frank (qariyb 24 ming dollar) taklif qilmoqda, deb yozadi Daily Mail.
Holiday Pirates turistik saytining aniqlik kiritishicha, oilalar ham har bir farzand uchun qo‘shimcha 10 ming Shveytsariya frankiga umid qilishlari mumkin.
Ta’kidlanishicha, ushbu tashabbus hududdagi aholi sonining kamayishiga qarshi kurashishga qaratilgan.
Ammo go‘zal qishloqqa ko‘chib o‘tish oson emas, chunki qator talablar mavjud. Albinenda yashashni istagan inson qishloqdan qiymati 200 ming Shveytsariya frankiga yetadigan uy sotib olishi kerak.
Bundan tashqari, dasturda ishtirok etuvchilar 45 yoshdan kichik bo‘lishi talab etiladi. Va bajarish kerak bo‘lgan eng muhim talab — ariza beruvchi Albinenda 10 yil yashashi va oxir-oqibat Shveytsariya fuqarosiga aylanishi lozim.