softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Ukraina: jasadlarni vatanga qaytarish shu hafta boshlanadi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Ukraina: jasadlarni vatanga qaytarish shu hafta boshlanadi

Batafsil o'qish:

Ukraina harbiy asirlar bilan ishlash bo‘yicha muvofiqlashtirish shtabi Kiyev asirlar almashinuvi bo‘yicha kelishuvlarga rioya qilmayotgani haqidagi bayonotlarga izoh berar ekan, Rossiya tomonini «axborot o‘yini»da aybladi.

Foto: Kirill Zykov / RIA Novosti

Rossiya va Ukraina o‘rtasida Istanbulda bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng repatriatsiya tadbirlarining boshlanishi shu hafta, 9—15 iyun kunlariga mo‘ljallangan. Bu haqda 8 iyun, yakshanba kuni Ukraina harbiy asirlar bilan ishlash bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi shtabi Telegramʼda ma’lum qildi.

«Istanbuldagi muzokaralar yakunlari bo‘yicha repatriatsiya tadbirlarini shu hafta boshlash rejalashtirilgan, bu haqda vakolatli shaxslar seshanba kuni (3 iyun) xabardor qilingan. Dushmanning axborot o‘yiniga qaramay, hammasi reja bo‘yicha ketmoqda», — deyiladi Muvofiqlashtirish shtabining Telegramʼdagi postida.

Istanbuldagi kelishuvlarga ko‘ra, Rossiyaning olti ming halok bo‘lgan ukrainalik harbiylarning jasadini topshirishi jarayoni yaqin kunlarda boshlanadi. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova brifingda ma’lum qildi.

«Rossiya tomoni Ukraina tomonida halok bo‘lgan 6 ming askarning jasadini Ukrainaga topshiradi», — deya diplomatning so‘zlaridan iqtibos keltirgan Rossiya davlat matbuoti. Rasmiy vakil bu Moskva tomonidan xayrixohlik ishorasi ekanini ta’kidladi. Shuningdek, u topshirish yaqin kunlarda boshlanishini ta’kidladi.

Diplomat, shuningdek, Rossiyaning marhumlarning jasadlarini qidirish va yig‘ish maqsadida frontning bir qancha hududlarida o‘t ochishni to‘xtatish taklifini eslatdi.