NATOning Atlantic Trident 25 havo mashg‘ulotlari ilk bor Finlandiyada o‘tkaziladi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya Harbiy-havo kuchlari qatnashadigan harbiy mashg‘ulotlarga 40 dan ortiq samolyot va 1 ming kishiga yaqin shaxsiy tarkib jalb etiladi.
Foto: Global Look Press
16-27 iyun kunlari Finlandiyada NATOning Atlantic Trident 25 o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tadi. Unda mezbon davlatdan tashqari, AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya Harbiy-havo kuchlari ham ishtirok etadi.
Qayd etilishicha, o‘quvlarga 40 dan ortiq samolyot va 1 ming kishiga yaqin shaxsiy tarkib jalb etiladi.
Samolyotlar Finlandiyaning Yuvyaskyulya shahridagi «Tikkakoski», Pirkkaladagi «Satakunta», Kuopiodagi «Rissala», shuningdek, Laplandiyadagi aviabazalardan havoga ko‘tariladi. Mashg‘ulotlar davomida quyidagi turdagi texnikalardan foydalaniladi:
AQSh, Fransiya va Buyuk Britaniya ishtirokidagi Atlantic Trident o‘quv mashg‘ulotlari har ikki yilda bir marotaba o‘tkaziladi. Joriy yilda ular ilk bor ishtirokchi uch davlatdan boshqasida o‘tkazilmoqda.
May oyida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov NATOga a’zo davlatlari «oldin neytral bo‘lgan Finlandiya va Shvetsiyani» o‘ziga «tortib olgani»ni ma’lum qilib, Rossiya chegaralarida «provokatsion harbiy mashg‘ulotlarni kuchaytirishda» davom etayotganini ta’kidlagandi.